elmurod1202/bertbek-news-classifier
Text Classification
•
Updated
•
41
article_title
stringlengths 7
231
| article_category
stringclasses 10
values | article_metadata
stringlengths 21
29
| article_body
stringlengths 24
2.07k
| article_id
int64 1
190k
|
---|---|---|---|---|
Shavkat Mirziyoyev Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lini qabul qildi | Local | 19:59 Kecha // 21227 | Shavkat Mirziyoyev Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lini qabul qildi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-mart kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi . Uchrashuvda O‘zbekiston–Turkiya ko‘p qirrali munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Ta’kidlanishicha, davlat rahbari oliy darajadagi muntazam muloqotlar mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari va strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va uni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilayotganini qayd etdi. Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li samimiy qabul uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirdi hamda Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi. Suhbat chog‘ida 2020-yil fevral oyida Anqara shahrida o‘tgan Strategik hamkorlik kengashining davlat rahbarlari darajasidagi birinchi yig‘ilishida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda navbatdagi sammitni O‘zbekistonda o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Savdo-iqtisodiy sohada hamkorlikni kengaytirish, jumladan, Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida mamlakatda yangi investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish muhimligi qayd etildi. Faol hududlararo muloqotni rivojlantirish, qo‘shma ta’lim va madaniy-gumanitar dasturlarni ilgari surishdan ikkala mamlakat ham manfaatdor ekani ta’kidlandi. | 1 |
Hyundai Ioniq 5 elektrokari oldindan buyurtmalar borasidagi rekordni yangiladi | Tech | 19:48 Kecha // 13867 | Hyundai Ioniq 5 elektrokari oldindan buyurtmalar borasidagi rekordni yangiladi. Hyundai Ioniq 5’ning taqdimotidan bir necha kun o‘tib Yevropada 236 mingdan ortiq odam modelga qiziqish bildirgan. Bu haqda Janubiy Koreya brendining matbuot xizmatiga tayanib, Motor xabar berdi . Bundan tashqari, cheklangan miqdordagi Ioniq 5 Project 45’ning butun tiraji buyurtmalarni qabul qilish boshlanganidan 24 soat o‘tib, to‘liq bronlangan. Foto: Hyundai Ioniq 5 Hyundai’ning va’da qilishicha, yevropaliklar elektrokarlar uchun amalga oshirilgan oldindan buyurtmalarni uzoq kutmaydi — yetkazib berish ishlari 2021-yilning ikkinchi choragidan boshlanadi. Ioniq 5 muvaffaqiyati bir nechta omillar bilan bog‘lanmoqda: birinchidan, yangilik mashhur ixcham krossoverlar segmentiga kiradi, ikkinchidan, u zamonaviy retro uslubda yaratilgan va transformer-salonga ega, uchinchidan, elektromobilda 800 voltli quvvatlanish funksiyasi mavjud. Foto: Hyundai Ioniq 5 Hozircha elektromobilni ikki xil modifikatsiyada xarid qilish mumkin: Standart Range va Long Range — orqa va to‘liq uzatmali. Modellarning dvigateli 170-306 ot kuchini taqdim etishga qodir, bir marta quvvatlanish orqali mashinalar 480 kilometr yo‘l bosa oladi. Yevropada eng arzon Ioniq 5 modeli 41,9 ming dollardan sotuvga chiqqan. Janubiy Koreyaning o‘zida ham modelga talab juda yuqori. | 2 |
O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbari Fermerlar kengashi raisi o‘rinbosarini Prezidentni aldayotganlikda aybladi | Local | 19:39 Kecha // 28056 | O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbari Fermerlar kengashi raisi o‘rinbosarini Prezidentni aldayotganlikda aybladi. O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining katta majlislar zalida 9-mart, seshanba kuni ayollar muammolarini tizimli hal etish, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublika komissiyasining navbatdagi kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Biz shundan 7 ming 571 nafariga o‘z xonadonida bir va ikki sotixli issiqxona qurib berishimiz belgilangan. 7 ming 176 nafariga parranda, asalari, quyon, baliq va bedana boqishni yo‘lga qo‘yish orqali, 918 nafar ayolning bandligi tomorqa xizmat korxonalari va klasterlarni tashkil etish orqali ta’minlanishi kerak edi. Kengashimiz tomonidan ushbu ishlar uchun 75 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan. Lekin joriy yilning yanvar—fevral oylarida rejamiz 1 ming 780 nafar xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘lsa-da, buning uchun 6 milliard so‘m mablag‘ ajratishimiz kerak edi. Biz 1 ming 836 nafar xotin-qizlarni ish bilan ta’minlab, jamg‘armamizdan 7,3 milliard so‘m mablag‘ ajratdik. Ammo ayrim viloyatlarimiz o‘sha mablag‘dan to‘g‘ri foydalanmadi. | 3 |
Bekajonlar uchun tavsiya: vanna tozalashning g‘ayrioddiy, ammo eng qulay usuli | Misc | 19:26 Kecha // 19140 | Bekajonlar uchun tavsiya: vanna tozalashning g‘ayrioddiy, ammo eng qulay usuli. Ushbu noodatiy usul egilishi qiyin va noqulay bo‘lganlarga yoki vanna yuvishni tez va osonlikcha amalga oshirishni istaydiganlarga juda mos keladi. Foto: “Domashniy ochag” Buning uchun kerak bo‘ladi: Foto: “Domashniy ochag” Agar vanna muntazam ravishda tozalansa, uning uchun alohida cho‘tka lozim. Sababi boshqa maqsadda ishlatilgan cho‘tkadan foydalanish yaxshi fikr emas. Vannaga tozalash vositasi quyiladi. Har bir burchak qismlarigacha surtiladi Foto: “Domashniy ochag” Cho‘tka yordamida vannaning har bir qismi tozalab ishqalanadi Foto: “Domashniy ochag” Issiq suv yordamida yuviladi | 4 |
Key-Liga. Rustam Ashurmatov jamoasi so‘nggi daqiqalarda 2 ta gol o‘tkazib, g‘alabani boy berdi | Sport | 19:25 Kecha // 8930 | Key-Liga. Rustam Ashurmatov jamoasi so‘nggi daqiqalarda 2 ta gol o‘tkazib, g‘alabani boy berdi. Futbol bo‘yicha Janubiy Koreya chempionatining 3-turida “Kanvon” 9-mart, seshanba kuni “Chonbuk Motors” maydonida mehmon bo‘ldi. Foto: “Kanvon” FK Uchrashuvning 60-daqiqasida Kim De Von mehmonlar hisobni ochdi. Bunga maydon egalari 85-daqiqada Kim Bo Kyonning goli bilan javob qaytardi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Gustavo Enrike “Chonbuk”ga g‘alaba keltirgan golga muallif bo‘ldi. Ushbu uchrashuvda Rustam Ashurmatov asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq harakat qildi. Shu tariqa “Kanvon” mavsumdagi ketma-ket uchinchi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. “Chonbuk” 7 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Key-Liga 3-tur bahsi 9-mart, seshanba Gollar: 0:1 – 60 Kim De Von, 1:1 – 85 Kim Bo Kyon, 2:1 – 90+3 Gustavo. | 5 |
Armaniston mamlakatdagi YuNISEF vakilining faoliyatini to‘xtatdi | World | 19:15 Kecha // 5211 | Armaniston mamlakatdagi YuNISEF vakilining faoliyatini to‘xtatdi. Armaniston hukumati mamlakatda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF) vakili Marin Klark-Xattingning faoliyatini muammoli deb topib, uni vakolatlaridan mahrum qildi. Bu haqda Armaniston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Anna Nagdalyan ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”. Shu bilan birga, OAV Marine Klark-Xatting josuslikda ayblanib, persona non grata deb e’lon qilingani haqida xabar qilgan. Marin Klark-Xatting Foto: unicef.org “Armanistonda rasmiylar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF) vakili Marin Klark-Xattingning faoliyatini mamlakat uchun muammoli deb hisoblab, uning vakolatlarini to‘xtatdi. YuNISEFning Armanistondagi vakili Marin Klark-Xattingning ish uslubiyatidagi hamkorlik o‘rnatishga hech qanday hissa qo‘shmaydigan umumiy kamchiliklar Armaniston uchun o‘ta muammoli edi, shuning uchun Armaniston hukumati Klark-Xattingning faoliyatini to‘xtatishga qaror qildi”, — dedi Nagdalyan. Matbuot kotibining ta’kidlashicha, Armaniston mazkur qaror to‘g‘risida BMTning doimiy koordinatori va YuNISEF vakillarini xabardor qilgan. “Sputnik Armaniya” xabariga ko'ra, ayni paytda Klark-Xatting mamlakatni tark etgan. Shuningdek, Mediaport Telegram-kanali YuNISEF vakilining Armanistonda Ozarbayjon va Buyuk Britaniya foydasiga josuslik qilgani uchun persona non grata deb e’lon qilingani haqida xabar bergan. Xabarga ko‘ra, go‘yoki rasmiylar ushbu faktni jamoatchilikdan yashirishni istagan Klark-Xatting 2020-yil iyulida Armanistondagi YuNISEF vakili etib tayinlangan edi. | 6 |
O‘zbekistonda mahkumlarning ombudsmanga yo‘llagan shikoyatini qamoqxona rahbariyati ko‘zdan kechirishi taqiqlanishi mumkin | Local | 18:59 Kecha // 6570 | O‘zbekistonda mahkumlarning ombudsmanga yo‘llagan shikoyatini qamoqxona rahbariyati ko‘zdan kechirishi taqiqlanishi mumkin. Ichki ishlar vazirligi “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari vaqtincha saqlash hibsxonalarining ichki tartib qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi idoralararo buyruqni muhokamaga qo‘ydi . Qolaversa, oluvchiga 24 soatdan kechiktirmay yuborilishi belgilanmoqda. Hujjat bilan ombudsman va biznes-ombudsmanning mahkumlar shikoyatiga javobi muassasa ma’muriyati tomonidan ko‘zdan kechirilishi mumkin emas va arizachiga darhol yetkazib beriladi. Buyruq loyihasi muhokamasi 24-martga qadar davom etadi. Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili Feruza Eshmatova o‘tgan yilgi hisobot eshituvida ishtirok etmaganini ta’kidlab, unda qatnashgan mas’ul xodimlardan bu borada qanday ishlar amalga oshirilgani bo‘yicha ma’lumot berishlarini so‘ragan. Agar o‘rganishlar amalga oshirilmagan bo‘lsa, bu yil ushbu masala o‘rganib chiqilishini bildirgandi. Ombudsmanga 2020-yilda qariyb 15 mingta murojaat kelib tushdi | 7 |
Aqlbovar qilmas narx: Twitter tarixidagi eng birinchi tvit sotuvga qo‘yildi | World | 18:48 Kecha // 8561 | Aqlbovar qilmas narx: Twitter tarixidagi eng birinchi tvit sotuvga qo‘yildi. Twitter rahbari Jek Dorsi ijtimoiy tarmoq tarixidagi eng birinchi tvitni auksionga qo‘ydi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru. Foto: Hi-Tech.Mail.ru Mashhur ijtimoiy tarmoqdagi birinchi tvit 15 yillar oldin yozilgan. Dorsi qisqa jumla yozgan: “Shunchaki o‘zimning tvttr’imni sozlayapman”. just setting up my twttr — jack (@jack) March 21, 2006 Tarixiy tvit Valuables onlayn auksionida paydo bo‘lgan. Auksion shartlariga ko‘ra, ushbu postni xarid qilgan inson “muallif tomonidan imzolangan va tekshirilgan noyob raqamli sertifikat”ni ham qo‘lga kiritadi. Gap o‘ziga xos raqamli imzo haqida ketmoqda. Post sotuvga qo‘yilganiga qaramay, oldingidek Twitter’da translyatsiya qilinaveradi. Hozircha Dorsining tviti uchun berilgan eng yuqori narx 2,5 million dollarni tashkil etmoqda. Bu kabi narxni taklif etgan inson — Bridge Oracle bosh direktori Xakan Estavi. | 8 |
AQSh Rossiya va Xitoyning koinotdagi imkoniyatlari yuzasidan xavotir bildirdi | World | 18:36 Kecha // 15013 | AQSh Rossiya va Xitoyning koinotdagi imkoniyatlari yuzasidan xavotir bildirdi. Qo‘shma Shtatlar Rossiya va Xitoyning koinotdagi imkoniyatlaridan xavotirda. Bu haqda AQSh kosmik kuchlari qo‘mondoni general Jon Reymondning The New York Times nashriga bergan intervyusiga asoslanib, “RBK” xabar berdi. Jon Reymond Foto: Global Look Press “Xitoyda ham, Rossiyada ham turli quvvatdagi bir nechta yer usti lazer tizimlari mavjud. Yerdan turib yo‘q qilish yoki zarar yetkazish yoki bo‘lmasa sun’iy yo‘ldoshlardan foydalanish qobiliyatimizdan mahrum qilish uchun orbitada ikkala mamlakatning ham bizni xavotirga soladigan imkoniyatlari mavjud”, — dedi Raymond. General, shuningdek, rus sun’iy yo‘ldoshlaridan biri haqida gapirib, uni “matryoshka”ga qiyosladi va u “Yerga yaqin orbitadagi Amerika sun’iy yo‘ldoshlarini yo‘q qilish uchun” yaratilgan deb taxmin qildi. 2020-yilning dekabr oyida AQSh Mudofaa vazirligining kosmik qo‘mondonligi Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri tutishga qodir sun’iy yo‘ldoshga qarshi raketani (DA-ASAT tizimi) sinovdan o‘tkazgani haqida xabar bergan edi. Pentagonda sinovlarning sanasi va joyiga aniqlik kiritilmagan, ammo ular Moskva bir qator kosmik qurollar, shu jumladan, lazer ishlab chiqarayotgani va sinovdan o‘tkazayotganini ta’kidlagan. O‘shanda, Vashington sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurollarning bir nechta turini ishlab chiqish va joylashtirish “Rossiyaning kosmosga qurol joylashtirishga qarshi diplomatik va jamoatchilik pozitsiyasiga zid” ekanini aytgan. | 9 |
Internetda Apple 23-mart kuni taqdimot o‘tkazishi haqida ma’lumotlar tarqaldi. Kompaniya nimani namoyish etadi? | Tech | 18:24 Kecha // 6280 | Internetda Apple 23-mart kuni taqdimot o‘tkazishi haqida ma’lumotlar tarqaldi. Kompaniya nimani namoyish etadi?. Kang taxallusi bilan tanilgan xitoylik mashhur insayder Apple’ning navbatdagi katta taqdimoti ikki haftadan keyin — 23-mart kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Bu kompaniya yaqin kunlarda ushbu tadbirning anonsini berishi kerakligini anglatadi, deb yozmoqda Hi-Tech.Mail.ru. Foto: Hi-Tech.Mail.ru Hozirda Apple kompaniyasining namoyish etishi kerak bo‘lgan qator yangiliklari mavjud, biroq, aftidan, katta anons bo‘lmaydi. iPad’ning yangi modeli namoyish etilishi mumkin, chunki global Pro versiyasi yangilanmaganiga ikki yildan oshdi. Shuningdek, kompaniya MiniLED-displeyli ilk planshetlarini taqdim etishni rejalashtirayotgani borasida ko‘plab hisobotlar mavjud. Shu bilan birga, kompaniya simsiz naushniklarning yangi avlodini taqdim etishi kerak — oddiy AirPods’ning uchinchi versiyasi va biroz qimmatroq bo‘lgan AirPods Pro’ning ikkinchi versiyasini. Internetda hozirda yangi naushniklarning surati tarqalib ulgurgan. Bundan tashqari, kompaniya buyumlarning o‘g‘irlanishi va yo‘qolishidan himoyalovchi “aqlli” AirTag nishonini namoyish etishi lozim, Apple uning taqdimotini ikki yildan buyon kechiktirib kelmoqda. | 10 |
YuNISEF O‘zbekistonda qizlarning ta’lim olishiga investitsiya kiritishga chaqirdi | Local | 18:12 Kecha // 9000 | YuNISEF O‘zbekistonda qizlarning ta’lim olishiga investitsiya kiritishga chaqirdi. BMTning Bolalar fondi (YuNISEF) qizlarning ta’lim olishi, ma’lumot olish imkoniyatini, salohiyatini oshirish, yosh ayollarga esa ish bilan ta’minlanishda teng imkoniyatlar yaratish hamda ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga investitsiya kiritishga chaqirdi. Bu haqda fondning Toshkentdagi vakolatxonasi press-relizida aytilgan, deb yozmoqda “Gazeta.uz”. Foto: “Daryo” Joriy yilgi Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “Ayollar rahbarlik lavozimlarida: COVID-19 dunyosida teng kelajakka erishish” mavzusi qizlar va ayollarning barcha sohalarda teng ishtirokini ta’minlashda kuchlarni birlashtirishga qaratilgan. “Biz bugungi kunda rahbarlik lavozimlarida ko‘rayotgan ayollar o‘tmishda ta’lim olish, resurslardan foydalanish va ishga kirish imkoniyatlariga ega bo‘lgan. Keling, bugun shunday imkoniyatni O‘zbekistondagi qizlar va yosh ayollarga taqdim etamiz”, — degan YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzoda. Bandlik sohasida yosh ayollar mehnat bozoridan sezilarli darajada chetlatilgan. 25-30 yoshli ayollarda u 74 foizga yetadi, erkaklarda esa u odatda pastligicha qoladi (ko‘pi bilan 33,5 foiz) va yosh o‘tgan sari pasayadi. | 11 |
“Barselona” PSJga qarshi kechadigan javob o‘yini uchun qaydnomani e’lon qildi | Sport | 18:04 Kecha // 18611 | “Barselona” PSJga qarshi kechadigan javob o‘yini uchun qaydnomani e’lon qildi. “Barselona” jamoasi Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsi doirasida 10-mart, chorshanba kuni PSJga qarshi bahs olib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 11-martga o‘tar kechasi 01:00 da boshlanadi. Foto: Twitter/@FCBarcelona Katalonlar ustozi Ronald Kuman uchrashuvga jalb etilgan futbolchilar kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi . Undan 22 nafar futbolchi o‘rin olgan. Uchrashuvni jarohat sabab Xerard Pike, Ronald Arauxo, Serxi Roberto, Ansu Fati va Filippe Koutinyo kabi futbolchilar o‘tkazib yuboradi. Ushbu jamoalar o‘rtasida dastlabki o‘yinda parijliklar 4:1 hisobida g‘alaba qozongandi. ! | 12 |
8-mart kuni Coozin, Coca-Cola va YXHTdan minglab sovg‘alarga to‘la bayram korteji ko‘chalar bo‘ylab kezdi | Local | 18:00 Kecha // 31988 | 8-mart kuni Coozin, Coca-Cola va YXHTdan minglab sovg‘alarga to‘la bayram korteji ko‘chalar bo‘ylab kezdi. Bayram o‘z hodisalari va tadbirlari bilan barchamizni quvontirdi, ammo Coozin’ning Coca-Cola, YXHT hamda ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi yordamida o‘tkazgan aksiyasi barchasidan ko‘ra yorqinroq kechdi. Ayollarning tadbirkorlik salohiyatini rivojlantirish uchun yaratilgan loyihaning afzalligi shundaki, u ayollarga sevimli mashg‘ulotini daromad manbaiga aylantirishi mumkin. 8-mart kuni Coozin loyihasi gullari va sovg‘alariga to‘la mashinalar Toshkent ko‘chalari bo‘ylab kezdi. Kortej yo‘lida uchragan barcha ayol-qizlarga gultuvaklarda lolalar hamda shodon musiqalar ostida barcha ezgu tilaklarni ulashdi. “Ushbu loyiha hozirgi kunda dolzarb bo‘lgani va bizning “5by20” global dasturimizning konseptsiyasini mukammal davom ettirgani uchun qo‘llab-quvvatlashga qaror qildik. 2010-yilda Coca-Cola 2020-yilga qadar dunyodagi 5 million ayollarning o‘z maqsadlariga erishishi, moliyaviy barqarorlik, rivojlanishi va ta’lim olishlari uchun qo‘llab-quvvatlash mas’uliyatini o‘z zimmasiga olgan. 2020-yilda esa bu raqamlar 6,2 millionni tashkil etdi. Coozin millionlab insonlarga imkon beradi va ilhomlantiradi. Bugun ayollarimizning yuzida baxt va quvonchli tabassumni ko‘rganimizda, loyiha millionlab yuraklardan o‘z joyini topishiga shubhamiz qolmadi”, — dedi O‘zbekistondagi Coca-Cola kompaniyasining jamoatchilik va kommunikatsiyalar bo‘yicha menejeri Nazi Aripjanova. | 13 |
Garderobni tartibga keltiramiz: zudlik bilan voz kechish kerak bo‘lgan 7 ta narsa (foto) | Misc | 17:59 Kecha // 17854 | Garderobni tartibga keltiramiz: zudlik bilan voz kechish kerak bo‘lgan 7 ta narsa . Hayotni yangitdan boshlash uchun hech qachon kech emas. Bu barcha sohalar, shu jumladan, uslubga ham tegishli. Bu ish esa avvalo garderobdan boshlanadi. Shunchaki joy egallab turgan kiyimlardan voz kechish garderobni tezroq tartibga keltirishga yordam beradi. Foto: Getty Images Bir xil narsalarni kamaytirish lozim Foto: Cosmopolitan Odatda shkafda hech bo‘lmaganda bir xil oq futbolkalardan bir nechtasini topish mumkin. Balki, aksar ayollarda ko‘ylak yoki yubka ham topilar. Lekin ular bir xilligi tufayli ham faqat bittasidan ko‘proq foydalaniladi. Shuning uchun bir xil kiyimlardan xalos bo‘lish kerak. Ancha yillar avval sotib olingan kiyimlar Foto: Cosmopolitan Chindan ham shkafdan 5-10 yil avval sotib olingan kiyimlar ham turadi. | 14 |
Bir kunda 500 ga yaqin o‘zbekistonlik ishlash uchun Qozog‘istonga jo‘nab ketdi | Local | 17:47 Kecha // 23442 | Bir kunda 500 ga yaqin o‘zbekistonlik ishlash uchun Qozog‘istonga jo‘nab ketdi. O‘zbekiston fuqarolarini xorijda ish bilan ta’minlash maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Qozog‘iston ish beruvchilari o‘rtasida olib borilgan muzokaralar natijasida fuqarolarni ushbu davlatga ishga jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi, deb xabar bermoqda agentlik matbuot xizmati. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qoraqalpog‘iston filiali xodimlari tomonidan tegishli tushuntirishlar berilib, bepul sug‘urta polisi va xizmat ko‘rsatish shartnomasi rasmiylashtirilgan. Mehnat migrantlari huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tarqatma materiallar berilgan. Bir hafta ichida 760 dan ortiq o‘zbekistonlik Rossiyaga ishlash uchun ketdi. Ularning barchasi qurilishlarga jalb etilgan | 15 |
OKMK futbol klubi “Paxtakor” himoyachisini sotib oldi | Sport | 17:39 Kecha // 18086 | OKMK futbol klubi “Paxtakor” himoyachisini sotib oldi. Olmaliqning OKMK futbol klubi “Paxtakor” himoyachisi Akrom Komilov transferini e’lon qildi . Foto: OKMK FK OKMK matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, jamoa Komilovning transfer huquqini “Paxtakor”dan to‘liq sotib olgan. Kelishuvning moliyaviy shartlari aytilmagan. Chap qanot himoyachisi yangi klubida 2-raqam ostida harakat qiladi. OKMK Komilovni PFL ro‘yxatidan o‘tkazgan va 9-mart kuni bo‘lib o‘tadigan “Lokomotiv”ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritgan . Avvalroq OKMK Komilovni ijaraga olganini e’lon qilgandi . Biroq “Paxtakor” matbuot xizmati himoyachi hali jamoadan ketmagani va Olmaliq klubi bilan muzokaralar olib borilayotgani haqida ma’lum qilgandi . ! | 16 |
Mashhur hind filmlaridagi kayfiyatni ko‘taruvchi yoqimli qo‘shiqlar (video) | Media | 17:35 Kecha // 22305 | Mashhur hind filmlaridagi kayfiyatni ko‘taruvchi yoqimli qo‘shiqlar . Hind kinosanoati vakillari tomonidan suratga olingan filmlar rang-barang raqslar va musiqiy chiqishlarga boy ekani bilan boshqalardan ajralib turadi. Band turmush tarzidan charchagan va biroz chalg‘ishni istaganlar uchun Bollivud filmlaridagi kliplar ayni muddao. “Pakana oshiq” filmidan Foto: “Yandeks Dzen” Shohrux Xonning filmografiyasidagi eng muvaffaqiyatsiz, Bollivudning eng yomon filmlaridan biri ekaniga qaramay, kartinadagi musiqa va qo‘shiqlar kishining kayfiyati ko‘tarilishiga hissa qo‘shadi. “Hiqichoq” filmidan Foto: “Yandeks Dzen” Sujetga ko‘ra Turetta sindromidan aziyat chekadigan Nayna Matur ismli qiz muallim bo‘lishni istaydi. Muvaffaqiyatga erishishiga hech kim ishonmagan bir vaqtda qizga Avliyo Notker maktabidan ish taklif qilinadi. Yaqinlari, maktab rahbari va o‘quvchilarning masxara hamda pichinglariga qaramay Neyra yuklatilgan vazifaning uddasidan chiqadi. “Nuqson” filmidan Foto: “Yandeks Dzen” 2019-yilda suratga olingan mazkur filmda Aliya Bhatt va Varun Dhavan suratga tushgan. Musiqalar Pritam Chakraborti va Ankit Bahlara tomonidan yozilgan. “Yashirin yulduz” Foto: “Yandeks Dzen” Otasi qattiqqo‘l bo‘lgan Insu ismli qiz mashhur xonanda bo‘lishni istaydi. | 17 |
BMT hokimiyat tepasidagi erkaklar va ayollar ulushi qachon tenglashishini ma’lum qildi | World | 17:23 Kecha // 16564 | BMT hokimiyat tepasidagi erkaklar va ayollar ulushi qachon tenglashishini ma’lum qildi. Davlat boshqaruvidagi erkaklar va ayollar ulushi 130 yil ichida tenglashishi mumkin. Bu haqda BMT Xavfsizlik Kengashining norasmiy yig‘ilishida BMT bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Rozamariy DiKarlo aytib o‘tdi, deb yozadi “RBK”. Foto: “RBK” “Hozirgi taraqqiyot darajasida davlat va hukumat rahbarlari darajasidagi gender tengligiga erishish yana 130 yil vaqt oladi”, — dedi DiKarlo. Uning so‘zlariga ko‘ra, BMT o‘z xodimlari o‘rtasida gender tengligini ta’minlashga intiladi. DiKarloning aytishicha, tashkilotning bosh kotibi Antoniu Guterrish BMT maxsus siyosiy missiyalaridagi rahbarlik lavozimlarining 57 foizdan ko‘prog‘iga ayollarni tayinlagan, shu jumladan, Afg‘oniston va Iroqdagi missiyalar rahbarlari ham ayollardir. Avvalroq Guterrish 22 mamlakatda ayollar davlat yoki hukumat rahbari ekanini ma’lum qilgan edi. “Shu bilan birga, parlament deputatlari orasida ayollar 25 foizidan kamroqni tashkil qiladi”, — dedi DiKarlo. Yanvar oyida Romir kompaniyasi va GlobalNR tadqiqot kompaniyalari xalqaro hamjamiyati yetakchi ayollar sonini ko‘paytirish g‘oyasiga salbiy qaraydiganlar boshqa mamlakatlar bilan taqqoslaganda Rossiyada ko‘proq ekanini aniqladi. Tadqiqot Braziliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Italiya, Rossiya, AQSh, Tailand, Janubiy Koreya va Xitoyda o‘tkazilgan. | 18 |
Buxoroda tadbirkorga qurol o‘qtalib, undan 70 ming dollar talab qilgan sportchilar qo‘lga olindi | Local | 17:11 Kecha // 28909 | Buxoroda tadbirkorga qurol o‘qtalib, undan 70 ming dollar talab qilgan sportchilar qo‘lga olindi. Buxoroda tadbirkorga o‘qotar qurol o‘qtalib, undan 70 ming dollar talab qilgan sportchilardan iborat jinoiy guruh qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov xabar berdi. Aniqlanishicha, 1962-yilda tug‘ilgan fuqaro B.S. 1960-yilda tug‘ilgan akasi B.I., 1992-yilda tug‘ilgan I.S. hamda 1983-yilda tug‘ilgan Sh.D. ismli sportchi yigitlar bilan jinoiy til biriktirib, tadbirkordan pul undirish rejasini tuzgan va vazifalarni o‘zaro taqsimlab olgan. Voqealar rivojiga ko‘ra, T.S.ning ishxonasiga qo‘shni qurilish firmasida qorovul bo‘lib ishlab kelayotgan B.I. sheriklariga kunlik ma’lumotlarni yetkazib turgan. | 19 |
Sancho, Vinisius, Torres. 2000-yilda tug‘ilgan eng istiqbolli futbolchilar | Sport | 17:02 Kecha // 13950 | Sancho, Vinisius, Torres. 2000-yilda tug‘ilgan eng istiqbolli futbolchilar. Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) 2000-yilda tug‘ilgan eng istiqbolli futbolchilar reytingini tuzib chiqdi. Foto: CIES Ro‘yxatning birinchi pog‘onasidan “Borussiya D” hujumkor yarim himoyachisi Jeydon Sancho joy oldi. “Bavariya”ning kanadalik himoyachisi Alfonso Devis esa ikkinchi o‘ringa loyiq ko‘rilgan. Dortmund klubining yana bir hujumchisi Erling Holand kuchli uchlikka yakun yasadi. Top-10 lik bilan tanishing: 1. Jeydon Sancho (“Borussiya D”); 2. Alfonso Devis (“Bavariya”); 3. Erling Holand (“Borussiya D”); 4. | 20 |
Pomidordan lolali guldasta. Bahoriy kayfiyat hadya etuvchi gazakni tayyorlab ko‘ring | Food | 16:58 Kecha // 16545 | Pomidordan lolali guldasta. Bahoriy kayfiyat hadya etuvchi gazakni tayyorlab ko‘ring. Guldastalar qanchalar chiroyli bo‘lmasin, darrov so‘lib qoladi. Ammo pomidordan yasalgan lola guldasta ham dasturxonga ko‘rk bag‘ishlaydi, ham uning mazasi barchaga manzur keladi. Foto: Lifehacker Kerakli mahsulotlar: Tayyorlanish jarayoni: Yoqimli ishtaha! | 21 |
Toshkentda 10 yoshli bolaning nomusiga tegishga uringani aytilgan taksi haydovchisi ushlandi | Local | 16:46 Kecha // 39495 | Toshkentda 10 yoshli bolaning nomusiga tegishga uringani aytilgan taksi haydovchisi ushlandi. Toshkentda voyaga yetmagan o‘g‘il bolaning nomusiga tegmoqchi bo‘lgan taksi haydovchisiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani to‘g‘risida xabar berilgandi . Poytaxt IIBB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha , gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olingan. 28-fevral kuni fuqaro B.J. 11 yoshli o‘g‘li Chilonzor tumanidagi uyidan amakisining uyiga borish uchun qora rangli Nexia-3 rusumli taksiga chiqqani, haydovchi esa unga nisbatan uyatsiz buzuq harakatlar sodir etganini aytib, Chilonzor tumani IIO FMB tergov bo‘limiga murojaat qilgan edi. Shundan so‘ng taksi haydovchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumondor qidirilayotgani xabar qilingan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, gumondor 47 yoshli G‘.D. ekanligi ma’lum bo‘ldi. “Hozirgi kunda u ushlangan va unga nisbatan Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) bilan ayb e’lon qilinib, sud tomonidan qamoq tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan”, — deyiladi xabarda. | 22 |
Transyog‘larni haddan ortiq iste’mol qilishingizdan darak beruvchi 5 belgi | Health | 16:34 Kecha // 22829 | Transyog‘larni haddan ortiq iste’mol qilishingizdan darak beruvchi 5 belgi. Salomatlik me’yorda bo‘lishi uchun monoto‘yingan yog‘larni o‘z ichiga oladigan yong‘oq, o‘simlik yog‘i va baliq mahsulotlarini iste’mol qilish muhim sanaladi. Ammo vazn ortmasligi va turli kasalliklar kuzatilmasligi uchun transyog‘lardan tiyilish kerak. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, transyog‘larga boy mahsulotlarni muntazam iste’mol qilish kishi umrini 5 yilga qisqartiradi. Umringiz uzoq bo‘lishi hamda sog‘lom bo‘lishni istasangiz, har bir mahsulottarkibini diqqat bilan o‘rganing, taomnomaga e’tiborli bo‘ling. Foto: Freepik Xotira va diqqat bilan bog‘liq muammo Tadqiqotlarda kognitiv qobiliyat va ratsion o‘rtasida aloqadorlik borligi aniqlagan. Taomnomangizda nosog‘lom yog‘lar qancha ko‘p bo‘ladigan bo‘lsa, xotira ham yomon: ma’lumotni qabul qilish, qayta ishlash va diqqat qilish shunchalik qiyin bo‘ladi. Qolaversa, yoshligida transyog‘larni me’yoridan ortiq iste’mol qilgan kishilarning keksayganida demensiyaga chalinish xavfi shuncha yuqori bo‘ladi. Jig‘ildon qaynashi Ushbu yoqimsiz holat sizda tez-tez takrorlanib turadigan bo‘lsa, kundalik taomnomani e’tibor bilan ko‘zdan kechirish kerak. | 23 |
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi | Local | 16:22 Kecha // 31245 | O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi. Markaziy bank 10-martdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi . Foto: “Daryo” Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 6,82 so‘mga ko‘tarilib, 10 497,47 so‘mni tashkil qildi. Yevro 14,96 so‘mga pastlab, 12 498,29 so‘m bo‘ldi. Foto: Markaziy bank Avvalroq O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi olti kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarilib, 10 490,65 so‘mni tashkil qilgani haqida xabar berilgan edi . O‘zbekiston aholisining daromadi 2020-yilda keskin kamaygan – Markaziy bank | 24 |
“Bularga ruxsat beraylik, bo‘ldi ketaverishsin”. Hukumat vakillari ishtirokidagi videoselektor yig‘ilishidan OAV vakillari chiqarib yuborildi | Local | 16:10 Kecha // 39490 | “Bularga ruxsat beraylik, bo‘ldi ketaverishsin”. Hukumat vakillari ishtirokidagi videoselektor yig‘ilishidan OAV vakillari chiqarib yuborildi. O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining katta majlislar zalida bugun, 9-mart kuni Ayollar muammolarini tizimli hal etish, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Respublika komissiyasining navbatdagi kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu haqda tadbirda qatnashgan “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov xabar berdi. Yig‘ilish avvalida nutq so‘zlagan O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqovning ta’kidlashicha, videoselektor yig‘ilishida jami 1 ming 750 nafarga yaqin xodim ishtirok etgan. Foto: “Daryo” “Davlatimiz rahbari ayollarning muammolarini hal etish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun davlat budjetidan 2,5 trillion so‘m mablag‘ ajratib berdilar. Bunday narsa tarixda bo‘lgan emas. Kechagi qarorda yana qo‘shimcha ravishda 600 milliard so‘m sohaga yo‘naltiriladigan bo‘ldi”, — dedi Rafiqov. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari Gulnora Ma’rufova xotin-qizlar masalalarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va rejalar xususida so‘z yuritdi. | 25 |
Rasman: Yoaxim Lyovning Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyligidan qachon ketishi ma’lum bo‘ldi | Sport | 16:01 Kecha // 14427 | Rasman: Yoaxim Lyovning Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyligidan qachon ketishi ma’lum bo‘ldi. Germaniya terma jamoasi Yoaxim Lyov Yevro—2020 musobaqasidan keyin o‘z lavozimini tark etadi. Foto: Getty Images 61 yoshli mutaxassis Germaniya futbol ittifoqidan JCh—2022 yakuniga qadar mo‘ljallangan shartnomani Yevropa chempionatidan keyin bekor qilishni so‘ragan, deya xabar qilmoqda tashkilot matbuot xizmati. Ittifoq mutaxassisning arizasini qabul qilgan. Shu tariqa, germaniyalik mutaxassis koronavirus sabab 2021-yilning yoziga ko‘chirilgan Yevro—2020 musobaqasidan keyin o‘z lavozimini tark etadi. Lyov 2006-yildan beri Germaniya terma jamoasini boshqarib keladi. Uning qo‘l ostidagi jamoa 2014-yilgi Jahon Chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritdi va JCh—2010 bronza medallariga ega chiqdi. Shuningdek, Lyov jamoasi Konfederatsiyalar Kubogi—2017 chempionligini qo‘lga kiritdi. Yevropa Chempionatida 2008-yil ikkinchi bo‘lgan bo‘lsa, 2012 va 2016-yillarda bronzaga ega chiqdi. Lyov 2014-yilda FIFA talqiniga ko‘ra yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgandi. | 26 |
Olmaotadan Madridgacha va Bryusseldan Myanmagacha: 8-mart kuni turli mamlakatlarda ayollar huquqlari himoyasiga bag‘ishlangan namoyishlar bo‘lib o‘tdi (foto) | World | 15:57 Kecha // 10413 | Olmaotadan Madridgacha va Bryusseldan Myanmagacha: 8-mart kuni turli mamlakatlarda ayollar huquqlari himoyasiga bag‘ishlangan namoyishlar bo‘lib o‘tdi . Butun dunyoda 8-mart kuni gender tengligi, kamsitish, jinsiy zo‘ravonlik va ayollarga nisbatan shafqatsizlikka qarshi kurash bo‘yicha aksiyalar o‘tkazildi. Ushbu tadbirlar haqida “ RBK ” va Meduza fotoreportaj tayyorladi. Albaniyaning Durres shahridagi bosh bulvar zinapoyasida qizil rangdagi ayollar poyabzali tushirilgan installyatsiya paydo bo‘ldi. Bu mamlakatda uydagi yoki jinsiy zo‘ravonlik natijasida o‘ldirilgan ayollarning ramziy sonini anglatadi. Foto: AFP Foto: AFP Mexiko shahrida 8-mart arafasida Milliy saroy atrofini “buzg‘unchilikdan” himoya qilish uchun panjara o‘rnatildi. To‘siqqa bor-yo‘g‘i ayol bo‘lgani uchun uyushtiriladigan qotillik — femid qurboniga aylangan ayollarning ismlari yozila boshladi. Aksiya ayol politsiyachilarni lavozimida ko‘tarilish uchun ilhomlantirish va ayollarni huquq-tartibot organlarida ishlashga jalb qilishni maqsad qilgan. Foto: PA Images Ispaniyaning Santander shahrida ayollarning Bicicletada Feminista nomli velosiped sayri. | 27 |
Surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyga oid jinoyat ishi 11-mart kuni ochiq sudda ko‘riladigan bo‘ldi | Local | 15:44 Kecha // 25142 | Surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyga oid jinoyat ishi 11-mart kuni ochiq sudda ko‘riladigan bo‘ldi. Tovlamachilikda ayblanib, 29-yanvar kuni hibsga olingan surxondaryolik bloger Otabek Sattoriyga oid jinoyat ishi ochiq sudda ko‘riladigan bo‘ldi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi . Avvalroq Surxondaryo viloyati IIB Tergov boshqarmasi bloger Otabek Sattoriyga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini tergov qilish jarayonini yakunlanganini ma’lum qilgandi . Eslatib o‘tamiz, surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy tovlamachilikda ayblanib, 29-yanvar kuni hibsga olingan edi . Deputat Rasul Kusherbayev blogerning qo‘lga olinishiga o‘z munosabatini bildirib , bu holatni “amaldorlarni tanqid qilayotgan bitta blogerga emas, butun boshli so‘z erkinligiga, Prezidentning ochiqlik siyosatiga qarshi surxondaryolik amaldorlarning isyonidir” deb ta’riflagandi. Blogerning hibsga olinishi yuzasidan Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov ham munosabat bildirdi . “Qonunni buzishga na jurnalist va na bloger haqli. Men bu haqda kecha o‘z fikrimni bildirdim. | 28 |
Ozodbek Nazarbekov aktyorlar — Alisher Uzoqov va Adiz Rajabovning “Mendirman Jaloliddin” serialida rol ijro etmagani sababini aytdi | Culture | 15:32 Kecha // 59763 | Ozodbek Nazarbekov aktyorlar — Alisher Uzoqov va Adiz Rajabovning “Mendirman Jaloliddin” serialida rol ijro etmagani sababini aytdi. Aktyorlar Alisher Uzoqov va Adiz Rajabov “Mendirman Jaloliddin” serialida rol ijro etishi kutilgan, ular ham ijodiy jamoa bilan bir necha kun Turkiyada suratga olish ishlariga tayyorlangan edi . Biroq ular serialda rol ijro etmadi. Mirolim Isajonov ushbu vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan suhbatlashdi. Foto: “Daryo” “Serialning suratga olinish ishlari boshlanmasidan oldin pandemiya sababli Turkiyada ham karantin tartibi joriy qilindi va ko‘plab o‘zbek ijodkorlari o‘rtasida uyga qaytish masalasi ko‘tarildi. Men o‘shanda Zoom platformasi orqali ularning barchasiga vaziyatni tushuntirdim. Ya’ni O‘zbekistonda ham xuddi shu ahvol: karantin ekanligi, bu yerga qaytgach, ish qilish imkoniyati yo‘qligi, uyda o‘tirish kerakligini aytdim. Aeroportdan tushishi bilanoq 15 kun karantinga olinishlarini ham ta’kidladim. Bilasiz, o‘shanda bizda shunday tartib bor edi. Men ularga mamlakatimizdagi vaziyatni tushuntirishga harakat qildim. | 29 |
“O‘zgidromet” hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi | Local | 15:20 Kecha // 65625 | “O‘zgidromet” hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi. O‘zbekistonda 9-mart kuni juda iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, havo 20-22 daraja iliqqacha isiydi, deb yozmoqda “O‘zgidromet”. Faqat Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyatining ba’zi joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, havo harorati 9-14 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Foto: “Daryo” Xabarga ko‘ra, 10-mart kuni frontal zona o‘tishida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Faqat Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi. Havo harorati 12-17 daraja iliq atrofida bo‘ladi. 12-mart kuni O‘zbekiston hududining ko‘p qismida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduz kuni 20-22 daraja iliqqacha ko‘tariladi. | 30 |
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 11-mart kuni O‘zbekistonga keladi | Local | 15:08 Kecha // 21220 | Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 11-mart kuni O‘zbekistonga keladi. Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 11—12-mart kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi . Foto: “RIA Novosti” Bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarining barcha yo‘nalishlarini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan. Uchrashuvda xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashiladi. Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarning turli yo‘nalishlariga aloqador qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan. Tashrif dasturiga muvofiq Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekiston Oliy Majlisining ikkala palatasi rahbarlari va bosh vaziri bilan ham uchrashuvlar o‘tkazadi, mamlakat sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishadi. Eslatib o‘tamiz, 22-fevral kuni Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Nuran Niyozaliyev va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev ishtirokidagi videokonferensaloqada tashrifga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalari muhokama qilingandi . 27-fevral kuni Abdulaziz Komilov Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashib, unga Shavkat Mirziyoyev maktubini topshirgandi . | 31 |
Alfa Invest ishonchli sug‘urta kompaniyasini qanday tanlash haqida so‘zlab berdi | Local | 15:00 Kecha // 21276 | Alfa Invest ishonchli sug‘urta kompaniyasini qanday tanlash haqida so‘zlab berdi. Alfa Invest’ning umumiy sug‘urta bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari sug‘urta kompaniyasini tanlashda qaysi omillarni e’tiborga olish kerakligi haqida so‘zlab berdi. So‘nggi yillar davomida O‘zbekistonda aholi uchun tadbirkorlik, moliya va bank xizmatlarini rivojlantirish yo‘lida jadal va ishonchli qadamlar qo‘yilmoqda. Bir qator iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi bilan fuqarolar o‘rtasida bank mahsulotlari va sug‘urta xizmatlariga talab sezilarli darajada oshdi. Inson hayoti muqarrar ravishda xavf bilan bog‘liq bo‘lib, sug‘urta polisini olish — o‘zingiz va mol-mulkingizni fors-major holatlardan himoya qilishni anglatadi. Odamlar kutilmagan moliyaviy xarajatlarning oldini olish maqsadida, tobora ko‘proq sug‘urta kompaniyalariga murojaat qilmoqda. Ular avtomobil sug‘urta polisini sotib olmoqda, ipoteka kreditini yoki o‘z xodimlarining hayotini sug‘urtalamoqda. Sug‘urta kompaniyasini tanlash ma’lum bilimlarni talab etuvchi murakkab qarordir. Alfa Invest kompaniyasi umumiy sug‘urta bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari Xusanov Abdulatif qiyin hayot sharoitida sizga xavfsizlik yostiqchasini aniq taqdim etuvchi ishonchli kompaniyani qanday tanlash kerakligi haqida aytib berdi va sug‘urta kompaniyasi ishonchliligining asosiy mezonlarini sanab o‘tdi. | 32 |
Xol-xol kiyim-kechak bilan didsiz ko‘rinib qolmaslik uchun tavsiyalar | Media | 14:55 Kecha // 8155 | Xol-xol kiyim-kechak bilan didsiz ko‘rinib qolmaslik uchun tavsiyalar. Bir vaqtlar onajonlar uchun sevimli bo‘lgan — oq fondagi qora yoki qora fondagi oq xol-xol print mazkur mavsumda takror urfda. Hech qachon modadan qolmaydigan va o‘ziga xos uslubda kiyinishingizga sabab bo‘ladigan xol-xol kiyim kechaklar bilan qanday obrazlar yaratish mumkinligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz. Foto: Cosmopolitan Ushbu printni nafaqat libos va koftalarda, balki shim va aksessuarlarda ham uchratish mumkin. Ayniqsa, xol-xol printli kapron kolgotkalar bahor uchun asosiy must have sanaladi. Foto: Cosmopolitan Foto: Cosmopolitan Obraz yaratish uchun print yoki uning fonidagi rangga moslangan oyoq kiyim kiyish tavsiya qilinadi. Faqatgina keda va uchli tuflilar bilan cheklanmang, noodatiy poyabzal modellariga ham e’tibor qarating. Foto: Cosmopolitan Bahorda havo haroratining o‘zgarib turishi tez-tez kuzatiladi. Shunday salqin kunlarda keng bichimli libosni vodolazka va ixcham bo‘lgan botinkalar bilan kiying. Foto: Cosmopolitan Foto: Cosmopolitan Xol-xol bluzka bilan jinsi yoki boshqa bir bezaksiz yubka kiyishingiz mumkin. | 33 |
Respublikada faoliyat yurituvchi 206 nafar hokimning matbuot kotiblari Prezident akademiyasida malaka oshiradi | Local | 14:40 Kecha // 12433 | Respublikada faoliyat yurituvchi 206 nafar hokimning matbuot kotiblari Prezident akademiyasida malaka oshiradi. Respublikada faoliyat yurituvchi mavjud 206 nafar viloyat, shahar va tuman hokimlarining matbuot kotiblari O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida malaka oshirishni boshladi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri. Foto: “Daryo” Ma’lum bo‘lishicha, mazkur o‘quv kursi Prezident administratsiyasi rahbari o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Dilnoza Ziyomuhammedova tashabbusi bilan tashkil etilgan. Ta’kidlanishicha, hokimlarning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchilari bugun, 9-mart kuni prezident akademiyasida birinchi mashg‘ulotlarni o‘tamoqda. Foto: “Daryo” “Birinchi mashg‘ulotni olib borgan prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Qahramon Quronboyev hokimliklarda axborot xizmati tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsad va matbuot kotiblarining vazifalari haqida so‘z yuritdi. Va oldimizga qo‘yilgan maqsadga erishishda biz — matbuot kotiblarining rolimiz naqadar ahamiyatli ekanligini yana bir karra tushuntirib berdi. O‘ylaymanki, mazkur malaka oshirish kurslari bizning kelgusidagi faoliyatimizda katta ahamiyat kasb etadi”, — deydi Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov. Foto: “Daryo” Qo‘shimcha qilinishicha, mazkur malaka oshirish kurslarida jurnalist va blogerlar, shuningdek, respublikadagi davlat tashkilotlarining eng faol matbuot kotiblari ham ishtirok etib, ularga o‘z tavsiyalarini beradi. | 34 |
Yulduz Rajabova davlat rahbari bilan muloqoti haqida: “Prezident e’tirofi o‘zimga bo‘lgan ishonchimni kuchaytirdi” | Media | 14:25 Kecha // 27564 | Yulduz Rajabova davlat rahbari bilan muloqoti haqida: “Prezident e’tirofi o‘zimga bo‘lgan ishonchimni kuchaytirdi”. Toshkent shahridagi Kongress-hollda 6-mart, shanba kuni Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aktrisa Yulduz Rajabova ishtirokidagi “Mendirman Jaloliddin” serialini e’tirof etib, uni ijodni susaytirmaslikka chaqirgan edi . Yulduz Rajabova “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonovga bergan intervyusida mazkur uchrashuv va davlat rahbarining e’tirofiga nisbatan munosabat bildirdi. Foto: “Daryo” “Avvalo, kamtarona mehnatim yuksak mukofotga loyiq ko‘rilgani uchun hurmatli Prezidentimizga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Bayram arafasida turli unvon va medallarga loyiq ko‘rilgan yuzlab xotin-qizlar ichida borligimdan juda ham xursandman. 8-mart—Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda davlatimiz rahbari o‘sha tadbirda qatnashgan barcha ayollarni tabriklab, birma-bir so‘rashib chiqdi. Ularning bunday oliyjanobligini ko‘rib, ayrim ayollar xursandligidan yig‘lab ham yubordi. Prezidentimizning marosimdagi xotin-qizlar bilan so‘rashishlarini sira kutmagandim. Men bilan so‘rashayotgan vaqtda ‘Kino zo‘r chiqdi, ijodni susaytirmang’, deya aytgan e’tirofi juda hayajonlantirdi va o‘zimga nisbatan ishonchni kuchaytirdi. Shuningdek, bunday e’tibor o‘z ustimda yanada qattiq ishlashimga bir turtki bo‘ldi, mas’uliyatni oshirdi”, — dedi aktrisa. | 35 |
Navoiyda 67 yoshli Tico haydovchisi 58 yoshli velosipedchini urib yubordi. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etdi | Tech | 14:10 Kecha // 20985 | Navoiyda 67 yoshli Tico haydovchisi 58 yoshli velosipedchini urib yubordi. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etdi. Navoiy viloyatining Konimex tumanida sodir bo‘lgan YTHda 58 yoshli tuman obodonlashtirish bo‘limi xodimi vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB YHXB matbuot guruhi rahbari Farruh Yakubov xabar berdi. Foto: Navoiy viloyat IIB Avtohalokat oqibatida 58 yoshli jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan. Tico ham yo‘ldan chiqib ketib, beton to‘siqqa urilgan va jiddiy talafot olgan. “Konimex tuman yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasi rahbari Ulug‘bek Rahmatovning bildirishicha, A-379-avtomobil yo‘liga mazkur davlat unitar korxonasi xizmat ko‘rsatadi. Uning ta’kidicha, ushbu yo‘lga yo‘l yotiq chiziqlari chizilgan, nur qaytaruvchi yangi yo‘l belgilari o‘rnatilgan. Yoritish chiroqlari mavjud va yo‘lda avtotransport hodisalariga sabab bo‘ladigan o‘ydim-chuqur kamchiliklar ham yo‘q. | 36 |
“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel APL tarixiga kirdi | Sport | 14:02 Kecha // 13041 | “Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel APL tarixiga kirdi. “Chelsi” Angliya Premyer Ligasining 27-turida kechgan 8-mart kungi o‘yinda “Everton”ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:0) . Foto: Twitter “Chelsi” Tomas Tuxel qo‘l ostiga o‘tganidan keyin APL doirasidagi ketma-ket beshta uy o‘yinida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Bu musobaqa rekordi hisoblanadi. “Chelsi” avvalroq “Vulverhempton” (0:0), “Byornli” (2:0), “Nyukasl” (2:0) va “Manchester Yunayted”ga (0:0) qarshi uchrashuvlarda quruq o‘yin o‘tkazgandi. Shuningdek, “Chelsi” barcha musobaqalar doirasida ketma-ket to‘rt o‘yinda o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazmadi. “Chelsi” Tuxel qo‘l ostida jami 11 ta o‘yin o‘tkazdi. “Ko‘klar” mazkur uchrashuvlarning 8 tasini g‘alaba bilan yakunlagan bo‘lsa, 3 ta bahsda durang qayd etdi. ! | 37 |
Navoiyda ijara uyini qimorxonaga aylantirgan shaxs qo‘lga olindi | Local | 13:56 Kecha // 11640 | Navoiyda ijara uyini qimorxonaga aylantirgan shaxs qo‘lga olindi. Navoiy viloyat IIB axborot xizmati rahbari O‘ktam Usmonovning “Daryo”ga xabar berishicha, Navoiy shahrida ijara uyini qimorxonaga aylantirgan shaxs qo‘lga olingan. Foto: Navoiy viloyat IIB Ta’kidlanishicha, yakka tartibda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 30 yoshli I.F. Karmana tumanidagi qarindoshiga tegishli bo‘lgan Navoiy shahridagi xonadonlarning birida ijarada yashab, uyida qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil qilib kelgan. Arizaga ko‘ra Navoiy viloyat IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.F. Navbahor tumanida yashovchi L.R., xatirchilik A.R. hamda Buxoro viloyatining Shofirkon tumani fuqarosi Sh.R.lar ishtirokida o‘zaro til biriktirib, navbatdagi qimor o‘yinini o‘tkazayotgan vaqtda qo‘lga olingan. O‘yinga tikilgan 3 million 698 ming so‘m pul hamda ikki dona o‘yin kartalari daliliy ashyo sifatida xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan. Foto: Navoiy viloyat IIB Holat yuzasidan dastlabki tergov oldi tekshiruv harakatlari olib borilib, qimorxona tashkil qilgan fuqaro I.F.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish) qo‘llanilgan. Qimor o‘yini ishtirokchilariga esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 191-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar) bilan ayblanib, ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Karmana tumani IIB TBga yuborilgan. | 38 |
“Formula-1”ning seyfti-karlari taqdim etildi. 25 yil ichida bu birinchi marotaba Mercedes-Benz emas | Tech | 13:41 Kecha // 9465 | “Formula-1”ning seyfti-karlari taqdim etildi. 25 yil ichida bu birinchi marotaba Mercedes-Benz emas. “Formula-1”ning navbatdagi mavsumida xavfsizlik avtomobillarini yetkazib berish borasidagi Mercedes-Benz’ning 25 yillik monopoliyasiga nuqta qo‘yiladi — Gran-prining 23 tadan 12 tasida reyfti-kar roli Aston Martin Vantage’ga yuklanadi. Barcha poygalarda tibbiyot avtomobili vazifasini Aston Martin DBX krossoveri bajaradi — u Mercedes-AMG C 63 S Estate universalining o‘rinini egallaydi, deb xabar beradi Motor. Foto: Aston Martin Aston Martin Vantage seyfti-karlaridan (xavfsizlik mashinalari) “Qirollik poygalari”da Mercedes-AMG GT-R bilan parallel foydalaniladi, biroq “Formula-1” rahbarlari hozircha Britaniya kupesidan qaysi bosqichda foydalanilishini ma’lum qilmagan. Yangi Aston Martin mashinalarining dvigatellari 12—14-mart kunlari Bahraynda o‘tkaziladigan testlar seriyasida chiniqtiriladi. Foto: Aston Martin Aston Martin Vantage xavfsizlik avtomobillar ikki eshikli oddiy avtomobillardan farq qiladi: unga 534 ot kuchini taqdim etishga qodir 4,0 litrli V8 dvigateli o‘rnatilgan, aylanuvchi moment “polka”si kengaytirilgan, biroq eng yuqori nuqtasi o‘zgarmagan — 685 Nm. Shuningdek, sakkiz pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi qayta sozlangan, rul boshqaruvi kalibrlangan, “podveska”si qattiqroq ishlangan. Foto: Aston Martin Maxsus qurilmalar va yorug‘lik diodlarining mavjudligiga qaramay seyfti-kar soatiga 100 kilometr tezlikka 3,5 soniyada erishadi — oddiy Vantage versiyasidan 0,1 soniyaga tezroq. | 39 |
Buxoroda pora bilan qo‘lga tushgan bog‘cha mudirasiga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi berildi | Local | 13:26 Kecha // 10497 | Buxoroda pora bilan qo‘lga tushgan bog‘cha mudirasiga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi berildi. Buxoroda ish so‘rab kelgan fuqarodan 300 dollar olgan bog‘cha mudirasiga hukm o‘qildi. Bu haqda “Daryo”ga Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudi sudyasi Boborahim Ochilov ma’lum qildi. Ma’lum bo‘lishicha, 2019-yilning 15-oktabr kunidan buyon G‘ijduvon tumanidagi 71-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi lavozimida ishlab kelgan D.R. o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda qabuliga ish so‘rab kelgan Gulnoza G‘aybullayevani xo‘jalik mudirasi vazifasiga ishga qabul qilishi evaziga 300 dollar talab qilgan. Buncha miqdordagi mablag‘i bo‘lmagan fuqaro bepul ishga joylashishini uzoq vaqt kutgan. Biroq harakatlari, iltimoslari zoye ketgan. Shundan so‘ng u 2019-yildan buyon ishga joylasha olmayotgani, maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi talab qilayotgan 300 dollar miqdoridagi pulni berishga oilaviy sharoiti va imkoniyati yetmasligi yuzasidan huquq-tartibot idoralariga ariza bilan murojaat qilishga majbur bo‘lgan. 2020-yilning 10-dekabr kuni fuqaro Gulnoza G‘aybullayeva bog‘cha mudirasidan telefon orqali o‘tgan yildan buyon taklif qilib kelayotgan ish o‘rni bo‘sh yoki bo‘sh emasligi haqida so‘ragan. Shunda mudira MTTda xo‘jalik ishlari mudirasi lavozimi vakant ekanligi, aytilgan miqdordagi pulni bersa, shu lavozimga uni ishga olishini bildirgan. | 40 |
O‘zbekiston va Turkiya strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda | Local | 13:09 Kecha // 8003 | O‘zbekiston va Turkiya strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 9-mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chovusho‘g‘li bilan uchrashuvi hamda ikki mamlakat TIV rahbarlari boshchiligida Strategik rejalashtirish guruhining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi . Foto: Tashqi ishlar vazirligi Muzokaralar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, investitsiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilingan. Tomonlar 2020-yil fevral oyida Anqara shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning uchrashuv va muzokaralari chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshayotganini mamnuniyat bilan qayd etgan. Tashqi siyosiy idora rahbarlari bo‘lajak qo‘shma tadbirlarga, xususan, oliy darajadagi O‘zbekiston—Turkiya strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishiga tayyorgarlikning tashkiliy masalalari ko‘rib chiqqan. Foto: Tashqi ishlar vazirligi Shuningdek, tomonlar parlamentlararo muloqotni mustahkamlash, ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish va hududlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashgan. BMT, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi aloqalarni yanada faollashtirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekanligi ma’lum qilingan. | 41 |
Viktor Valdes “Barselona”ga qaytadi | Sport | 13:01 Kecha // 13426 | Viktor Valdes “Barselona”ga qaytadi. “Barselona” sobiq darvozaboni Viktor Valdes katalonlar jamoasiga qaytadi. Foto: Twitter Mundo Deportivo nashrining xabar qilishicha , Valdes “Barselona”da darvozabonlar murabbiyi lavozimini egallaydi. Ta’kidlanishicha, Xoan Laporta prezidentlikka saylanganidan keyin jamoaning ayrim sohalarida kadrlar almashinuvi bo‘ladi. Ushbu jarayon doirasida Valdes sobiq jamoasiga qaytadi. Viktor 2019-yilda katalon klubida ishlashga ulgurgandi, o‘shanda u “Barselona” U-19 jamoasini boshqarib borgan va keyinchalik iste’foga chiqarilgandi. Mutaxassisning so‘nggi jamoasi Ispaniya 4-ligasi vakili “Orta” klubi bo‘lib, Valdes u yerda 2021-yilning yanvariga qadar faoliyat yuritgan. ! | 42 |
Taomnomani yangilaymiz: makarondan 5 xil antiqa taom retsepti | Food | 12:58 Kecha // 18789 | Taomnomani yangilaymiz: makarondan 5 xil antiqa taom retsepti. Har bir uy bekasining taomnomasida makaron uchun alohida joy ajratilgan. Makarondan taom tayyorlash oson, ammo ularni har doim qaynatib yoki qovurish me’daga tegishi mumkin. Agarda makaronlarni o‘zgacha uslubda pishirib, dasturxonga tortsangiz, oila a’zolaringiz bunday taomlarni tayyorlab berishingizni qayta va qayta so‘rashadi. | 43 |
O‘zbekistonda 10-mart kuni shamol tezligi kuchayib, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin | Local | 12:46 Kecha // 53333 | O‘zbekistonda 10-mart kuni shamol tezligi kuchayib, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. “O‘zgidromet” 10-mart, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi . Foto: “Daryo” Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 12-17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-10 daraja iliq, kunduzi 11-13 daraja iliq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. | 44 |
2021-yilning dastlabki eng kuchli smartfonlari nomi e’lon qilindi | Tech | 12:34 Kecha // 19899 | 2021-yilning dastlabki eng kuchli smartfonlari nomi e’lon qilindi. AnTuTu benchmarki 2021-yilning fevral oyi yakunlari bo‘yicha eng kuchli Android smartfonlar reytingni e’lon qildi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru. So‘nggi uch oy ichida Snapdragon 888 protsessorida ishlaydigan dastlabki smartfonlar chiqdi, shu sababli ro‘yxat o‘tgan yilning oxiridagi reytingdan ancha farq qilgan. Foto: Hi-Tech.Mail.ru Reytingning birinchi pog‘onasidan Vivo kompaniyasining iQOO 7 smartfoni o‘rin olgan — u rekord darajadagi 727 ming ballni to‘plagan. Qolgan o‘rinlar nafaqat Snapdragon 888’da ishlaydigan smartfonlarga, balki boshqa chipli modellarga ham nasib etgan — Huawei va Samsung’ning yangi flagmanlari. Ro‘yxatdan ko‘rish mumkinki, bir xil chipga ega smartfonlarning natijalari turlicha. Gap shundaki, AnTuTu nafaqat protsessor va grafikning ishchaligini, balki qolgan qismlarining ham xususiyatini hisobga oladi. Shu sababli natijalarga tezkor va ichki xotira tezligi, shuningdek, optimizatsiya va energiyani tejash sozlamalari ta’sir ko‘rsatadi. “Benchmarkdagi ishlash samaradorligi yuqori bo‘lgan natijalar smartfon barqaror va qotmasdan ishlashini kafolatlamaydi. Ushbu testlar ma’lum bir hisoblashlar orqali qurilma quvvatini tekshiradi xolos”, — deyiladi xabarda. | 45 |
Toshkent shahrining bozor va savdo komplekslarida undiriladigan yangi yig‘im miqdorlari tasdiqlandi | Local | 12:22 Kecha // 15775 | Toshkent shahrining bozor va savdo komplekslarida undiriladigan yangi yig‘im miqdorlari tasdiqlandi. Toshkent shahar hokimi tomonidan 2021-yil 19-fevraldagi “Toshkent shahridagi bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymatining yangi miqdorlarini joriy etish to‘g‘risida”gi 203-son qaror imzolandi . Sabzavotlar bilan savdo qiluvchilar esa kuniga bir o‘rin uchun 7 ming so‘m to‘laydi, issiqxonada yetishtirilgan pomidor va bodring sotuvchilar — 13 ming so‘m. Bundan tashqari, Sergeli avtomobil bozorida avtotransport vositalarini sotish uchun sotuv hududlaridan haftaninga juma kuni soat 17:00 dan yakshanba kuni soat 17:00 gacha foydalanganligi uchun har bir avtomobildan undiriladigan to‘lov ham tasdiqlangan. Unga ko‘ra, yengil avtomashinalar va mikroavtobuslar uchun usti yopiq sotish joylaridan — 1 donasi uchun 40 ming so‘m; yuk avtomashinalari, avtobuslar, traktorlar va boshqa yuk ko‘taruvchi transport vositalarini sotish joylaridan — 1 donasi uchun 45 ming so‘m. Avvalroq O‘zbekistonda chakana savdo do‘konlari ijarasi narxi 17 foizga o‘sgani to‘g‘risida xabar berilgandi . Toshkent bozorlarining daromadi va sof foydasi haqida ma’lumot berildi | 46 |
Astana Motors rahbari O‘zbekiston avtomobil bozorini “qulay” deb atadi | Local | 12:10 Kecha // 18220 | Astana Motors rahbari O‘zbekiston avtomobil bozorini “qulay” deb atadi. Astana Motors rahbari Nurlan Smagulov O‘zbekiston avtomobil bozorini baholadi. Bu haqda Forbes Kazakstan’da e’lon qilingan maqolaga tayanib, Spot xabar berdi . Foto: “Forbes.kz” “Bu juda qiziq bozor, biz u yerda o‘zimizni qulay his qilamiz. U yerning o‘z qonunlari va o‘z ishlab chiqaruvchilarining himoyasi bor. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan integratsiya masalalarini muhokama qilyapmiz”, — deydi Smagulov. Hozirda Astana Motors’ning mamlakatda to‘qqizta dileri bor — to‘rttasi xususiy va beshtasi mustaqil. Kompaniya Toshkent, Buxoro, Samarqand, Namangan va Farg‘onada ish olib bormoqda. 2021-yilda yana to‘rtta diler qo‘shiladi — bitta xususiy va uchta mustaqil. Astana Motors’ning xususiy avtomarkazlari Toshkentda joylashgan, qolgan shaharlardagilari mustaqil: bu — kompaniyaning mahalliy tadbirkorlarning salohiyatiga sarmoya kiritmoqchi bo‘lgan tashkilotning maxsus siyosati hisoblanadi. | 47 |
Olmazor Business City turar joy majmuasi xonadonlariga Viessmann kompaniyasining isitish uskunalari o‘rnatiladi | Local | 12:00 Kecha // 20093 | Olmazor Business City turar joy majmuasi xonadonlariga Viessmann kompaniyasining isitish uskunalari o‘rnatiladi. Olmazor Business City turar joy majmuasida issiqlik ta’minoti va binolarni isitish uchun Viessmann xalqaro kompaniyasining yuqori sifatli tizimlari o‘rnatiladi. Turar joy majmuasi binolarining ko‘lami va balandligini hisobga olgan holda, uy-joylarni isitish uchun yuqori sifatli isitish tizimlarini yetkazib beruvchi sifatida Viessmann tanlandi. Viessmann kompaniyasi 100 yildan ortiq tarixga ega va butun dunyoga yuqori sifatli va zamonaviy muhandislik, texnologik yechimlari bilan tanilgan. Kompaniyaning texnologiyalari isitish va sovutish tizimlari uchun sanoat miqyosida ham, xususiy sektor xizmati tarkibida ham to‘liq yechimlarni taklif etadi. U Yevropadagi innovatsion texnologiyalar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadigan yetakchi kompaniyadir. Kompaniya ishlab chiqargan gaz isitish uskunalarining samaradorligi 90 foizni tashkil qiladi. Tizimning yuqori sifat standartlari va ekologik xavfsizligiga muvofiqligi uni turar joy binolari ichiga o‘rnatishga imkon beradi. Isitish qozoni uskunalari yuqori energiya samaradorligi bilan ajralib turadi. Bir dona ikki konturli qozon maydoni 96 dan 340 kvadrat metrgacha bo‘lgan xonani issiqlik bilan ta’minlashga qodir. | 48 |
“Vilyarreal”ning 25 yoshli sobiq futbolchisi daryoga cho‘kib, halok bo‘ldi | Sport | 12:00 Kecha // 18013 | “Vilyarreal”ning 25 yoshli sobiq futbolchisi daryoga cho‘kib, halok bo‘ldi. “Vilyarreal” klubining sobiq futbolchisi Franko Akosta Urugvayda o‘lik holda topildi. Foto: Twitter “Vilyarreal” matbuot xizmati futbolchining o‘limini tasdiqladi va uning yaqinlariga hamdardlik bildirdi. Avvalroq 25 yoshli futbolchi daryoni kesib o‘tishga uringan vaqtida cho‘kib ketgani ma’lum bo‘lgandi. 6-mart kuni futbolchi akasi bilan Kanelones departamentida joylashgan daryoni kechib o‘tish vaqtida bedarak yo‘qolgan va Frankoning akasi darhol politsiyaga murojaat qilgan. Politsiya dengiz piyodalari yordamida qidiruv ishlarini olib borgan. 8-mart kuni Akostaning murdasi uni so‘nggi bor ko‘rishgan joydan uzoq bo‘lmagan joydan topilgan. Akosta Urugvay o‘smirlar va yoshlar terma jamoasidagi o‘yinlari bilan ko‘pchilikka tanish. Futbolchi 2015—2020-yillar mobaynida “Vilyarreal” tizimida to‘p surgan. Uning so‘nggi jamoasi Urugvayning “Atenas” klubi edi. | 49 |
Qo‘li nafaqat gul, balki oltinga teng bo‘lgan insonlar ijodi (foto) | Misc | 11:59 Kecha // 20164 | Qo‘li nafaqat gul, balki oltinga teng bo‘lgan insonlar ijodi . Ma’lum bo‘lishicha, dunyoda 90 ga yaqin hunarmandlik turlari mavjud. Ularning har biri insonga ijodkorlik uchun katta imkoniyat beradi. To‘g‘ri, ajoyib va noyob narsalarni yaratish juda qiyin va uzoq vaqt talab qilishi mumkin. Ammo ilhom paydo bo‘lganda, hech qanday qiyinchilik ularni to‘xtata olmaydi. “Eskizimni sumkada aks ettirdim”. Foto: AdMe “Endigina yakunlangan mehnat. Ushbu makon sizni mutolaa dunyosiga chorlaydi”. Foto: AdMe “Mening ob-havo ma’lumotini beruvchi qurilmam. Shuningdek, uni tomosha qilish ham insonni tinchlantiradi”. | 50 |
Ekvatorial Gvineyadagi portlashlarda halok bo‘lganlar soni 98 kishiga yetdi | World | 11:47 Kecha // 14118 | Ekvatorial Gvineyadagi portlashlarda halok bo‘lganlar soni 98 kishiga yetdi. Ekvatorial Gvineyadagi harbiy bazada sodir bo‘lgan ketma-ket portlashlar oqibatida halok bo‘lganlar soni 98 kishiga yetdi, kamida 615 kishi jarohat oldi. Bu haqda mamlakat hukumati veb-saytiga tayanib, “RBK” xabar berdi . Foto: ahoraeg Xabarga ko‘ra, jabrlanganlarning 316 nafari tibbiy muassasalardan chiqarilgan, yana 299 nafari Bata shahridagi turli kasalxonalarda davolanmoqda. Eslatib o‘tamiz, 7-mart kuni Ekvatorial Gvineyaning eng yirik shahri Batadagi harbiy bazada ketma-ket portlashlar sodir bo‘ldi. Dastlab hodisa oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘lgani, 400 dan ortiq odam jarohat olgani xabar berilgandi. Reuters xabariga ko‘ra, portlash sodir bo‘lgan hududda barcha binolarning tomlari uchib ketgan va aksariyatining devorlari qulagan. Mamlakat prezidenti Teodoro Obiang Nguemaning ta’kidlashicha, harbiy bazadagi portlashlarga o‘q-dorilar, dinamit va boshqa portlovchi moddalarni saqlash uchun mas’ul xodimlarning ehtiyotsizligi sabab bo‘lgan. Qo‘shni fermer xo‘jaliklarida paydo bo‘lgan yong‘in harbiy bazaga tutashgan va natijada portlash kelib chiqqan. Ekvatorial Gvineya tashqi ishlar vaziri Simeon Angue Batadagi vaziyatni halokatli deb atagan va diplomatik kanallar orqali xalqaro yordam so‘ragan. | 51 |
Xonanda Beyonse saratondan vafot etgan muxlisining xotirasi uchun bir nechta qo‘shiq kuyladi (video) | Media | 11:35 Kecha // 16026 | Xonanda Beyonse saratondan vafot etgan muxlisining xotirasi uchun bir nechta qo‘shiq kuyladi . Yaqinda Beyonsening rasmiy YouTube kanalida uning muxlislaridan biriga bag‘ishlangan video paydo bo‘ldi. Uning muxlisasi 13 yashar Lirik Shanel ikki yil davomida miya saratoni bilan kurashib, 2021-yilning 5-mart kuni dunyodan ko‘z yumdi. Foto: Harper’s Bazaar Xonanda Lirikning xotirasi sharafi uchun o‘zining eng sevimli uchta qo‘shig‘i – “Brown Skin Girl”, “Halo”, “Love on Top”ni kuyladi va marhumaning surati hamda roliklarini video ketma-ketlik sifatida ishlatdi. Beyonsening Lirik Shanelga bag‘ishlangan qo‘shig‘i So‘nggi qo‘shiq Lirikning hayotida alohida o‘ringa ega edi. 2021-yilning sentabr oyida u sevimli xonandasining mashhur taronasini kuylagan edi. Shundan so‘ng Beyonse unga guldasta yuborgan va “Taronam senga ilhom bag‘ishlagani meni juda ta’sirlantirdi. Sen meni o‘zingdan kam ilhomlantirganing yo‘q. Sen bilan tezroq uchrashishni intizorlik bilan kutyapman. Sen haqiqiy qahramonsan!” – deb yozgan. | 52 |
Toshkent shahar IIBB poytaxtdagi tadbirkor ayolning qo‘lga olinishiga izoh berdi. Uning o‘g‘li buni noqonuniy deb ta’kidlamoqda | Local | 11:24 Kecha // 25003 | Toshkent shahar IIBB poytaxtdagi tadbirkor ayolning qo‘lga olinishiga izoh berdi. Uning o‘g‘li buni noqonuniy deb ta’kidlamoqda. Toshkent shahar IIBB tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi onasi IIB xodimlari tomonidan noqonuniy tarzda qo‘lga olinganini aytgan o‘g‘ilning videomurojaatiga izoh berdi . Ijtimoiy tarmoqlarda videomurojaat bilan chiqqan yigit tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi onasi noqonuniy tarzda Chilonzor tumani IIO FMB xodimlari tomonidan qo‘lga olingani va unga xodimlar tomonidan shikast yetkazilgani ta’kidlangan. Poytaxt IIBBning ma’lum qilishicha, mazkur xabar haqiqatdan yiroq. Video muallifining onasi — 49 yoshli Ozoda Sh. hamda 26 yoshli Dilshodbek B. ayblanuvchi tariqasida jinoiy ishga jalb qilingan. Chilonzor tumani jinoiy ishlar bo‘yicha sudi ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘llagan. Mazkur jinoiy ish Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bo‘yicha mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari Sanjar B.ning arizasiga asosan qo‘zg‘atilgan. Arizachining ma’lum qilishicha, 2020-yilning dekabr oyidan 2021-yilning fevral oyiga qadar uning omborxonasidan matolar yo‘qolgan. | 53 |
Koronavirusga qarshi cheklovlar qaysi mamlakatlarda kuchaytirilib, qaysilarida yumshatildi? Koronaxabarlar | World | 11:12 Kecha // 22713 | Koronavirusga qarshi cheklovlar qaysi mamlakatlarda kuchaytirilib, qaysilarida yumshatildi? Koronaxabarlar. Ayrim mamlakatlarda COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat yomonlashuvi fonida amaldagi cheklovlar uzaytirildi yoki yangilari kiritildi. Boshqalarida esa koronavirusga qarshi emlash kampaniyasi ortidan vaziyat yaxshilanishi natijasida cheklovlar susaytirildi. “Daryo” koronadayjestida shu yangiliklarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Foto: Global Look Press Niderlandiyada COVID-19 pandemiyasi tufayli joriy qilingan komendantlik soati 31-martgacha uzaytiriladi . “Hozir qandaydir yumshatishlar haqida e’lon qilish noma’qul bo‘lgan bo‘lardi”, — dedi mamlakat bosh vaziri Mark Ryutte. Shu bilan birga, 15—17-mart kunlariga belgilangan parlament saylovlarini o‘tkazish uchun istisno qilinadi. Agar yaqin orada mamlakatda koronavirus bilan kasallanish darajasi pasaysa, kelasi oydan boshlab restoran va barlarga ochiq ayvonlarda mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun ruxsat berilishi mumkin. Niderlandiyada 21:00 dan 04:30 gacha amal qiladigan komendantlik soati 23-yanvardan kuchga kirgan. | 54 |
Superliga. “Navbahor” va “So‘g‘diyona” jamoalari 1-tur o‘yini uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi | Sport | 11:02 Kecha // 12028 | Superliga. “Navbahor” va “So‘g‘diyona” jamoalari 1-tur o‘yini uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Coca-Cola Superliganing 2021-yilgi mavsumi 9-mart, seshanba kuni start oladi . Mavsumning ochilish o‘yinlaridan biri “Navbahor” va “So‘g‘diyona” jamoalari o‘rtasida kechadi. Uchrashuv 18:30 da start oladi. PFL mazkur uchrashuv uchun jamoalarning kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi . Foto: PFL ! | 55 |
Artashes Davtyan Beeline Uzbekistan rahbari etib tayinlandi | Local | 10:58 Kecha // 15561 | Artashes Davtyan Beeline Uzbekistan rahbari etib tayinlandi. VEON kompaniyasi Artashes Davtyan 2021-yil 15-martdan Beeline Uzbekistan bosh direktorligi lavozimiga tayinlanganini e’lon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi . Foto: “Retail.ru” Davtyan Beeline Uzbekistan’ga FMCG, Gillette, PepsiCo va Mars kabi xalqaro kompaniyalardagi rahbarlik tajribalari bilan qo‘shildi. Beeline’ga qadar u o‘zining “Yandeks.Lavka” savdo markasini boshqarib kelgan. VEON’ning hisoblashicha, Davtyanning FMCG va raqamli biznesdagi tajribasi kompaniyalar guruhining dunyoqarashiga mos keladi. Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning oktabrida Beeline Uzbekistan bosh direktori Sergey Afonin egallab turgan lavozimidan ketishga va o‘z karyera yo‘lini VEON kompaniyasi guruhidan tashqarida davom ettirishga qaror qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi . VEON Group Sergey Afoninni 2019-yil 1-martdan Beeline Uzbekistan bosh direktori lavozimiga tayinlagan edi . Bunga qadar u Beeline Russia Janubiy mintaqaviy filiali direktori, Rossiyadagi yirik FMCG-kompaniya tijoriy direktori lavozimlarida ishlagan. | 56 |
Turk yulduzlarining g‘alati odatlari va ular haqidagi qiziqarli faktlar | Media | 10:46 Kecha // 21957 | Turk yulduzlarining g‘alati odatlari va ular haqidagi qiziqarli faktlar. Yosh turk aktrisasi Bensu Soral irim-sirimlarga haddan ortiq ishonadi. U ikkinchi qo‘li bilan birinchi qo‘li qilgan harakatlarni takrorlaydi. Masalan, u bir qulog‘iga tegsa, ikkinchi qulog‘iga ham ikkinchi qo‘li bilan tegishi shart yoki bir qo‘li bilan urilib ketsa, albatta, boshqa qo‘li bilan o‘sha joyga urilishi shart. Foto: “Yandeks Dzen” Go‘zal aktrisa Hazal Kayning oyog‘iga “Kichkina shahzoda” asari qahramoni tasviri tushirilgan. Qissa aktrisaning ko‘nglidan shunchalik joy egallaganki, unga atab tatiurovka chizdirishga qaror qilgan. Foto: “Yandeks Dzen” Burchin Terzio‘g‘li o‘rta maktabda juda bezori qiz bo‘lgan. Maktabda u qizlarni urishi bilan tanilgan. Foto: “Yandeks Dzen” Maryam Uzerli o‘rgangan turk tilidagi birinchi so‘z “anchous” (mayda dengiz balig‘i va undan tayyorlangan konserva) bo‘lgan. Bungacha aktrisa anchous baliqning ikkinchi nomi deb o‘ylagan. | 57 |
Boyovut tumani hokimi Dilfuza Uralova koronavirusga chalinib, sog‘ayganini ma’lum qildi | Local | 10:34 Kecha // 16267 | Boyovut tumani hokimi Dilfuza Uralova koronavirusga chalinib, sog‘ayganini ma’lum qildi. Boyovut tumani hokimi Dilfuza Uralova “Sirdaryo xabarlari” nashriga bergan intervyusi davomida koronavirusdan davolanib chiqqanini ma’lum qildi . Foto: “Daryo” “Pandemiya davrida bu kasallik (koronavirus — tahr.) hech kimni chetlab o‘tmadi. Shaxsan o‘zim ham bu kasallikdan davolanib chiqdim. Tan olib aytishim kerakki, baribir davlatimizning qudratli ekanligi yaqqol ko‘rindi...”, — deydi Dilfuza Uralova. Boyovut hokimi intervyu davomida qachon ushbu kasallikka chalingani va qayerda davolanib chiqqaniga aniqlik kiritmagan. Shuningdek, Dilfuza Uralova pandemiya davrida tumanning oyoqqa turishida kichik biznesning qanchalik ahamiyat kasb etgani, ushbu sohani qo‘llab-quvvatlash lozimligini ta’kidlab o‘tgan. Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov , Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov , Nurobod tumani hokimi Faxriddin Zoirov , Andijon viloyatining Paxtaobod va Shahrixon tumanlari hokimlari koronavirusdan sog‘aygan edi. | 58 |
Kanye Uestning xinkaliga o‘xshashligi uchun mazax qilib kelingan krossovkalari bir daqiqa ichida sotilib ketdi | Media | 10:22 Kecha // 12324 | Kanye Uestning xinkaliga o‘xshashligi uchun mazax qilib kelingan krossovkalari bir daqiqa ichida sotilib ketdi. Reper Kanye Uestning shaxsiy brendi tomonidan yaratilgan yangi oyoq kiyimlar bir daqiqadan kamroq vaqt ichida sotilib ketdi, deb xabar beradi Page Six. Foto: Twitter Gap ijtimoiy tarmoqlarda keng kulgilarga sabab bo‘lgan 450 Cloud White oq krossovkalari haqida ketmoqda. Mazkur oyoq kiyim oq-kulrang yengil to‘rli materialdan tayyorlangan va bog‘ichlarga ega. Ta’kidlanishicha, krossovka Adidas va YeezySuppley.com saytida sotuvga chiqishi bilan marka ixlosmandlari buyurtmalarni amalga oshira boshlagan. Oyoq kiyimning dastlabki narxi 200 dollarni tashkil etadi, biroq ikkilamchi bozorda uning narxi 900 dollardan oshib ketgan. Twitter foydalanuvchilari krossovkalarning “yashin tezligida” sotilishini muhokama qilishga kirishgan. “Yeezy 450’ning chiqishi bema’nigarchilik bo‘ldi. 15 daqiqa ‘kutish zalidasan’, krossovkalar butunlay xarid qilib bo‘linmagunicha sahifa o‘z-o‘zidan yangilanadi”, “Reliz soat 07:00 da bo‘ldi, barcha nusxalar 07:01 da sotib bo‘lindi. Odamlar ushbu oyoq kiyimni yil davomida yomon ko‘rdi, biroq Yeezy 450 chiqqan kundagi kabi ko‘p energiyani hech qachon ko‘rsatmagan”, — deb yozadi ular. | 59 |
O‘zbekistonda 2025-yilgacha elektromobillar ishlab chiqarilmaydi — “O‘zavtosanoat” | Tech | 10:13 Kecha // 14389 | O‘zbekistonda 2025-yilgacha elektromobillar ishlab chiqarilmaydi — “O‘zavtosanoat”. O‘zbekistonda hozirgi vaqtda elektromobillarni ishlab chiqarish uchun zarur infratuzilma yo‘q. Bu haqda “O‘zavtosanoat” kompaniyasining Strategiya bo‘limi boshlig‘i Rustam Qodirov UzAuto Motors’ning Asaka shahrida tashkil etilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri. Qodirovning ta’kidlashicha, kompaniya prognozlari bo‘yicha “bizning sharoitda elektromoobillar ishlab chiqarishni 2025-yildan keyin o‘ylab ko‘rsa bo‘ladi”, shu bois hozirda elektromobillar borasida faqat konsepsiya yo‘nalishida ish olib borilmoqda. U bu fikrni “xalqaro tahlillardan kelib chiqib” aytdi. Rustam Qodirov. Foto: “Gazeta.uz” “Birinchidan, dunyo bo‘yicha bir yilda o‘rtacha 100 million dona mashina sotilsa, bunda elektromobillarning ulushi 2 foizni tashkil etadi. Ikkinchidan, O‘zbekistonda hammaga yoqadigan, hammaning tilida bo‘lgan elektromobil qaysi? Ha, Tesla. Uning narxi 35 ming dollardan boshlanadi, u ham subsidiya bilan. | 60 |
Sergeli, Bektemir va Mirobod tumanlaridagi ayrim mahalla va mavzelarda gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi | Local | 10:11 Kecha // 7926 | Sergeli, Bektemir va Mirobod tumanlaridagi ayrim mahalla va mavzelarda gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. 9-mart kuni Toshkentning Sergeli, Bektemir va Mirobod tumanlaridagi ayrim mahalla va mavzelarda gaz ta’minoti ta’mirlash ishlari sabab vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi . Foto: Depositphotos Ma’lum qilinishicha, Sergeli tumanining “Qumariq” mahallasidagi 1930 ta yerli xonadon va Quruvchilar mavzesidagi 39 ta ko‘p qavatli uylardagi aholi (4000 ta xonadon) soat 09:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz ta’minotidan vaqtinchalik uziladi. “Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi”, — deyiladi xabarda. Avvalroq Toshkent viloyatida o‘chib qolgan gaz hisoblagichlarni o‘rnatish vaqtida dalolatnomalar noto‘g‘ri rasmiylashtirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi . | 61 |
Superliga. OKMK va “Lokomotiv” 1-tur o‘yini uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi | Sport | 10:00 Kecha // 13440 | Superliga. OKMK va “Lokomotiv” 1-tur o‘yini uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Coca-Cola Superliganing 2021-yilgi mavsumi 9-mart, seshanba kuni start oladi . Foto: OKMK FK Mavsumning ochilish o‘yinlaridan biri Olmaliqda OKMK va “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasida kechadi. Uchrashuv 18:30 da start oladi. PFL mazkur uchrashuv uchun jamoalarning kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi . Foto: PFL ! | 62 |
Raj Kapurning shedevri — “Bobbi” filmi qanday suratga olingan? (foto) | Media | 09:57 Kecha // 24566 | Raj Kapurning shedevri — “Bobbi” filmi qanday suratga olingan? . 1973-yilda suratga olingan va nafaqat Hindiston, balki boshqa mamlakatlarda ham mashhurlikka erishgan “Bobbi” filmining yaratilishi bilan bog‘liq qiziqarli voqealarni e’tiboringizga havola etamiz. Foto: “Yandeks Dzen” Ishtirokidagi “Mening ismim masxaraboz” filmi kutilgandek natija qayd qilmaganidan keyin, film rejissori va bosh rol ijrochisi Raj Kapur tushkunlikka tushgan. Suratga olish uchun ganster Karim Laladan qarz olgan Raj, uni qaytarish haqida bosh qotira boshlagan. Qarzdan qutilishi uchun studiyasi va rafiqasining taqinchoqlaridan voz kechishiga to‘g‘ri kelgan. Kapur oyoqqa turishi va hammasi iziga tushishi uchun xit darajasidagi film suratga olishi kerakligini yaxshi bilgan. Shunday vaqtda uning xayoliga do‘sti, yozuvchi Abbos kelgan. “Janob 420”, “Mening ismim masxaraboz” filmlarining ssenariy muallifi bo‘lgan Abbos, unga yordam bera oladigan sujet haqida o‘ylash uchun 3 kun muddat so‘ragan. Bir necha kun o‘tib ssenariy muallifi Rajga ikki o‘spirin: badavlat oilaning o‘g‘li va oddiy baliqchining qizi sevgi hikoyasi haqida so‘zlab bergan. | 63 |
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Lukashenkoning katta o‘g‘lini Belarus Olimpiya qo‘mitasi rahbari deb tan olmadi | World | 09:42 Kecha // 19329 | Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Lukashenkoning katta o‘g‘lini Belarus Olimpiya qo‘mitasi rahbari deb tan olmadi. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning katta o‘g‘li — Viktor Lukashenkoning mamlakat Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) rahbari etib saylanganini tan olmadi, deb yozadi Meduza XOQning saytiga joylashtirilgan bayonotga tayanib. Foto: EPA Shuningdek, XOQ Belarus Xokkey federatsiyasi rahbari va Aleksandr Lukashenkoga yaqin shaxslardan biri Dmitriy Baskovning MOQ ijroiya qo‘mitasiga saylanganini ham tan olmadi, u Belarus OAVlari tomonidan minsklik Roman Bondarenkoning o‘limiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. XOQ Belarus MOQ rahbariyatining Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishga qo‘yilgan taqiqni uzaytirishini va tashkilot bilan aloqani faqat uning bosh kotibi Polina Golovina orqali ushlab turishini ma’lum qildi. Viktor Lukashenko 26-fevral kuni Belarus MOQ rahbari etib saylandi. Bungacha tashkilotga 24 yil mobaynida Aleksandr Lukashenko prezidentlik qilgan. Viktor Lukashenko 2019-yildan buyon MOQning vitse-prezidenti bo‘lib kelgan. 2020-yil dekabrida XOQ Aleksandr va Viktor Lukashenkolarga o‘z tadbirlariga, shu jumladan, Olimpiya o‘yinlariga tashrif buyurishni taqiqlab qo‘ydi. Bunday qaror belaruslik sportchilarning siyosiy sabablarga ko‘ra ta’qib qilinishi tufayli qabul qilingandi. Dmitriy Baskov — Belarus Xokkey federatsiyasi rahbari, Aleksandr Lukashenkoning kenja o‘g‘li Nikolayning xokkey bo‘yicha shaxsiy murabbiyi. | 64 |
“Million dollarlik surat”. Amerikalik suratkash Oy fonida uchib o‘tayotgan XKSni “tutib oldi” | Science | 09:26 Kecha // 21655 | “Million dollarlik surat”. Amerikalik suratkash Oy fonida uchib o‘tayotgan XKSni “tutib oldi”. Kaliforniyalik astrosuratkash Endryu Makkarti Xalqaro kosmik stansiyasini (XKS) Oy fonida uchib o‘tayotganida suratga olishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi “News.mail.ru”. Foto: Instagram / @CosmicBackground “Bugun soat 02:44 da shunday joylashdimki, natijada XKS men va Oy o‘rtamizdan uchib o‘tayotganida mazkur suratni oldim. XKS odatdagidan o‘zgacha ko‘rinish olishini kutmagan edim. Massivlarning yarmi (quyosh panellari uchun — tahr.) astronavtlarning ochiq kosmosga chiqishi uchun tayyorgalik burchagi ostida, shunday ekan men boshimiz uzra amalga oshirilayotgan missiyaning ajoyib, noyob suratini oldim. Bundan tashqari, ular mening Oydagi eng sevimli kraterim uzra uchib o‘tmoqda”, — deb yozadi surat muallifi. Foto: Instagram / @CosmicBackground Astronavtlar Ketlin Rubins va Viktor Glover Xalqaro kosmik stansiya bortidan ochiq kosmosga chiqqan. Ular yangi quyosh batareyalarini o‘rnatish uchun asos tayyorlagan. | 65 |
Qashqadaryo hokimi o‘rinbosari: “Ikki qiz yig‘layotgan ekan, sababini so‘rasam biz olib bergan hot-dogni faqat turk seriallarida ko‘rganini, umrida yemaganini aytdi” | Local | 09:10 Kecha // 28544 | Qashqadaryo hokimi o‘rinbosari: “Ikki qiz yig‘layotgan ekan, sababini so‘rasam biz olib bergan hot-dogni faqat turk seriallarida ko‘rganini, umrida yemaganini aytdi”. Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshev hududda o‘tkazilgan Yoshlar festivalining ahamiyati haqida gapirib, viloyatda umrida Qarshi shahriga kelmagan va tez tayyor bo‘ladigan taomlarni yemagan yoshlar borligini aytdi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri. “Biz yoshlarni eng chekka tumanlardan olib keldik va Qarshi shahridagi mehmonxonalarga joylashtirdik. Dehqonobod, Muborak, Mirishkor va Shahrisabzdan kelgan yoshlar orasida hali Qarshi shahrini umuman ko‘rmagan, mehmonxona xizmatini bilmaydigan yoshlar ham bor ekan. Festivalda yoshlarni noodatiy taom bilan mehmon qilishni maqsad qildik va ularni osh bermay, tezpishar hot-dog va kola bilan mehmon qildik. Madaniyat saroyida kinoga kirayotgan paytimda ikki nafar qiz ko‘zida yosh bilan turgan ekan. Nimaga yig‘layotganini so‘raganimda, “Men mana shu ovqatni yeb xursand bo‘ldim, bu ovqatni umrimda birinchi marotaba ko‘ryapman, faqat turk seriallarida yeyilganini ko‘rgandim. Men judayam xursandman. | 66 |
Qaysi soatda nonushta qilish foydali? | Health | 08:54 Kecha // 28317 | Qaysi soatda nonushta qilish foydali?. An’anaviy ravishda nonushta kunning eng muhim taomi hisoblanadi. Buning ajablanarli joyi yo‘q. Chunki nonushta tufayli organizmda hazm qilish jarayoni ish boshlaydi. Shuning uchun ham iloji boricha nonushtadan maksimal darajada foyda olish kerak. Foto: Pinterest To‘g‘ri nonushta qilish kun davomida ochlikni nazorat qilishga va hatto ozishga ham yordam beradi. Agar erta tongdan vitaminga boy mahsulotlar iste’mol qilinsa, maksimal foyda keltiradigan nonushta qaysi vaqtga to‘g‘ri keladi? Ideal nonushta kechki ovqatdan kamida 10—12 soat o‘tib, iste’mol qilinishi kerak, ya’ni 20:00 da kechki ovqat tanovul qilinsa, ertasi kungi nonushta uchun eng qulay vaqt soat 08:00 hisoblanadi. Shuningdek, nonushta uchun eng maqbul vaqt soat 07:00 va 09:00 oralig‘idir. Yoki uyg‘ongandan keyingi ikki soat hisoblanadi. | 67 |
Samarqandda to‘rt yigit ularning ayol qarindoshiga birga bo‘lishni taklif qilgan erkakni o‘ldirib, jasadini kanalga oqizib yubordi | Local | 08:37 Kecha // 72053 | Samarqandda to‘rt yigit ularning ayol qarindoshiga birga bo‘lishni taklif qilgan erkakni o‘ldirib, jasadini kanalga oqizib yubordi. Samarqand viloyati Paxtachi tumanida to‘rt yigit qarindosh ayoliga telefon qilib, sevgi izhor qilgan erkakni kaltaklab, o‘ldirib qo‘ydi, deya xabar qilmoqda Oliy sud matbuot xizmati. Qayd etilishicha, mazkur tumanda yashovchi F.M.ga (ism-sharif o‘zgartirilgan) notanish erkak telefon qilib, uni yoqtirib qolganini va u bilan uchrashish niyatida ekanini aytgan. Bundan g‘azablangan ayol bo‘lgan voqeani qaynukasiga aytib bergan. Kechqurun ayolning 3 nafar qaynukasi va ukasi yig‘ilib, qo‘shni qishloqda yashovchi erkakni jazolashni reja qiladi. Ular F.M.ga erkakka telefon qilib, eski bog‘cha binosiga uchrashuv belgilashni aytadi va uchrashuvga borib, uni do‘pposlamoqchi bo‘ladi. Erkak uchrashuv joyiga yetib borganda 4 yigit uni belkurak dastasi bilan kaltaklaydi. Yerga yiqilgan erkakni yigitlardan biri ayollar ro‘moli bilan bo‘g‘ib o‘ldiradi. Erkakning o‘lib qolganini bilgan yigitlar uning jasadini Narpay kanaliga oqizib yuboradi. Tez fursatda yigitlar qilgan jinoyat fosh etildi. | 68 |
O‘zbekistonda pandemiya davrida oilalardagi zo‘ravonlik holatlari ortdi | Local | 08:22 Kecha // 25505 | O‘zbekistonda pandemiya davrida oilalardagi zo‘ravonlik holatlari ortdi. COVID-19 pandemiyasi ayollarning salomatligi, xavfsizligi va iqtisodiy farovonligi uchun qo‘shimcha muammolarni keltirib chiqardi. “Gazeta.uz”ning yozishicha , bu haqda Jahon banki ekspertlari — Uilyam Zeys (Markaziy Osiyodagi kambag‘allik va tenglik masalalari bo‘yicha dasturlar rahbari) va Odri Saks (ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘yicha katta mutaxassis) maqolalarida qayd etilgan. Xususan, 2020-yilda O‘zbekistonda oiladagi zo‘ravonlik holatlari ko‘paygan. Pandemiya tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy qiyinchiliklar bilan bir qatorda, ayollar va qizlarga nisbatan jismoniy, psixologik, iqtisodiy va jinsiy zo‘ravonlik holatlari ham ortgan. Ta’kidlanishicha, mamlakatdagi ushbu turdagi huquqbuzarliklar bo‘yicha rasmiy statistik ma’lumotlar hali ham mavjud emas. Biroq Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilning yanvar—dekabr oylari davomida genderga asoslangan zo‘ravonlik qurbonlarining xavfsizligi va manfaatlarini ta’minlash uchun 14 800 ga yaqin himoya orderi berilgan . Ayollar odatda o‘z oilalarida zo‘ravonlikka ko‘proq uchraydi. 2020-yilda 13 230 ta holatning 82 foizida zo‘ravonlik ularning turmush o‘rtoqlari tomonidan sodir etilgan. Iqtisodiy va oilaviy muammolar ayollar salomatligining yomonlashishiga olib kelgan. | 69 |
O‘zbekistonda pandemiya erkaklarga qaraganda ayollar boshchiligidagi uy xo‘jaliklariga katta zarar yetkazdi | Local | 08:08 Kecha // 9182 | O‘zbekistonda pandemiya erkaklarga qaraganda ayollar boshchiligidagi uy xo‘jaliklariga katta zarar yetkazdi. O‘zbekistonda pandemiya davrida ish joylarini yo‘qotish va chet eldan pul o‘tkazmalaridan tushadigan daromadlarning kamayishi ayollar va erkaklar boshchiligidagi uy xo‘jaliklarida bir xil darajada kuzatildi, deb yozmoqda “Gazeta.uz” “Taraqqiyot strategiyasi” markazi o‘tkazgan tadqiqot natijalariga tayanib. Foto: “Daryo” Ammo qayd etilishicha, katta ehtimol bilan, ushbu inqiroz, o‘rtacha olganda, iqtisodiy farovonligini qo‘llab-quvvatlash manbalari kam bo‘lgan ayollar boshchiligidagi oilalarga katta zarar yetkazgan. Pandemiyadan oldin ham ayollar boshchiligidagi uy xo‘jaliklarining o‘rtacha oylik daromadi erkaklar boshchiligidagi uy xo‘jaliklariga qaraganda 17 foizga kam bo‘lgan. Ayollar boshchiligidagi uy xo‘jaliklari rejalashtirilmagan xarajatlar qila olishining ehtimoli kam, ko‘proq hollarda asosiy ehtiyojlarini (oziq-ovqat, transport xarajatlari, dori-darmon va hokazolar) qoplash uchun qarz oladi va kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘lay olmaydi. 2020-yil dekabr oyida ayollar boshchiligidagi uy xo‘jaliklarining 42 foizi 100 ming so‘m miqdoridagi kutilmagan xarajatlarni qoplay olmasligini bildirgan. Shunday javob bergan erkaklar boshchiligidagi uy xo‘jaliklarining ulushi 25 foizni tashkil etgan. Pandemiya boshlanishidan oldin ayollar boshchiligidagi uy xo‘jaliklari tez-tez oziq-ovqat tanqisligi bo‘lib turishi haqida muntazam ravishda xabar bergan. | 70 |
A Seriya. “Inter” o‘z uyida “Atalanta”ni mag‘lub etib, peshqadamlikni mustahkamladi | Sport | 03:45 Kecha // 12138 | A Seriya. “Inter” o‘z uyida “Atalanta”ni mag‘lub etib, peshqadamlikni mustahkamladi. Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasi 26-turining so‘nggi o‘yini Milan shahrida 8-mart, dushanba kuni o‘tkazildi. Foto: “Inter” FK Unda mezbon “Inter” Bergamoning “Atalanta”sini qabul qildi. O‘yin taqdirini 54-daqiqada Milan Shkrinyar tomonidan urilgan gol hal etdi. “Inter” mazkur g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 62 taga yetkazib, A Seriya musobaqa jadvalidagi peshqadamligini mustahkamlab oldi. Antonio Konte shogirdlari ikkinchi o‘rindagi “Milan”ni 6 ochkoga ortda qoldirmoqda. “Atalanta” esa ortda qolgan 26 ta turda 49 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalining 5-o‘rnini band etib turibdi. Musobaqa jadvali hozir quyidagicha holatda: Skrinshot: Sofascore A Seriya 26-tur bahsi 8-mart, dushanba “Inter”—“Atalanta” 1:0 Gol: 1:0 – 54 Shkrinyar. | 71 |
APL. “Chelsi” o‘z uyida “Everton”ni taslim etdi, “Vest Hem”da ham g‘alaba | Sport | 03:42 Kecha // 16283 | APL. “Chelsi” o‘z uyida “Everton”ni taslim etdi, “Vest Hem”da ham g‘alaba. Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasi 27-turi doirasida “Chelsi” klubi 8-mart, dushanba kuni o‘z maydonida “Everton”ni qabul qildi. Foto: “Chelsi” FK O‘yinning 31-daqiqasida Kai Havertsning zarbasi mersisaydliklar himoyachisi Ben Godfriga tegib yo‘nalishini o‘zgartirdi va Jordan Pikford qo‘riqlayotgan darvozadan o‘rin oldi — 1:0. Birinchi bo‘limda “Chelsi”ning hisobdagi ustunligi saqlanib qoldi. Ikkinchi bo‘limning 65-daqiqasida esa Jorjinyo mehmonlar darvozasi tomon belgilangan 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirib, o‘yinga yakuniy nutqani qo‘ydi — 2:0. “Chelsi” ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 50 taga yetkazdi va musobaqa jadvalida 4-o‘rinni band etgan. “Everton” esa 46 ochkosi bilan 6-o‘rindan joy olgan. Turning so‘nggi o‘yinida “Vest Hem” o‘z uyida “Lids”ni qabul qilib, Jessi Lingard va Kreyg Dousonning gollari evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi. Musobaqa jadvali hozir quyidagicha holatda: Skrinshot: Sofascore APL 27-tur bahslari 8-mart, dushanba “Chelsi” — “Everton” 2:0 Gollar: 1:0 – 31, avtogol Godfri, 2:0 – 65, penalti Jorjinyo. | 72 |
#Instasurat: Nufuzli MMA promousheni bilan shartnoma imzolagan o‘zbek sportchisi, saylovga o‘g‘li bilan kelgan Messi va bolakay Konor Makgregor | Sport | 23:49, 08.03.2021 // 20238 | #Instasurat: Nufuzli MMA promousheni bilan shartnoma imzolagan o‘zbek sportchisi, saylovga o‘g‘li bilan kelgan Messi va bolakay Konor Makgregor. “Daryo” dunyo va o‘zbek sporti yulduzlarining Instagram tarmog‘ida obunachilari bilan bo‘lishgan eng so‘nggi suratlari va yangiliklarini taqdim etadi. Uning davrida jamoa 12 ta sovrin yutgandi Rustam Ashurmatov jamoadoshlarini olg‘a qadam bosishga undamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra tomonlar may oyida bo‘lib o‘tadigan boks kechasini qayerda o‘tkazish masalasini muhokama qilmoqda Foto: Instagram Konor Makgregor bolalikda oilasi bilan tushgan suratini e’lon qildi Foto: Instagram ! | 74 |
Benksi kasalxonada chizilgan o‘z asarini kimoshdi savdosiga qo‘yadi | World | 23:42, 08.03.2021 // 15845 | Benksi kasalxonada chizilgan o‘z asarini kimoshdi savdosiga qo‘yadi. Ko‘cha rassomi Benksi Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash milliy xizmati uchun 3,5 million yevrodan ko‘proq xayriya mablag‘i yig‘ib berishni maqsad qilgan. Bu haqda BBC xabar berdi . Foto: Getty Images Xabarga ko‘ra, rassom Sautgemtonning markaziy kasalxonasida COVID-19 pandemiyasining birinchi to‘lqini vaqtida paydo bo‘lgan graffitini auksionga qo‘yadi. Savdolarda suratning asl nusxasi sotiladi va uning ko‘chirma nusxasi kasalxonada qoladi. O‘lchamlari bir metrga bir metr bo‘lgan asarda superqahramonlarning o‘yinchoq shaklidagi ko‘rinishi bilan o‘ynayotgan bolakay tasvirlangan. Biroq Betmen va O‘rgimchak odamning o‘yinchoqlari axlat chelagiga tashlangan, sababi bola boshqa superqahramonga mehr qo‘ygan: tibbiy niqob va xalat kiygan qo‘g‘irchoq hamshira ular o‘rnini egallagan. Ushbu tasvir kasalxona rahbariyati bilan hamkorlikda yaratilgan va tezkor yordam bo‘limi yaqiniga joylashtirilgandi. Christie’s savdo uyi mazkur asarda rassom koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda g‘alabaga bo‘lgan umidni tasvirlagan deb hisoblamoqda. | 75 |
Suriya prezidenti va uning rafiqasida koronavirus aniqlandi | World | 23:27, 08.03.2021 // 11745 | Suriya prezidenti va uning rafiqasida koronavirus aniqlandi. Suriya prezidenti Bashar Asad va uning rafiqasi Asma al-Asadda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda prezident idorasi Facebook orqali ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”. Foto: AP Photo “Ayni paytda ularning ahvoli yaxshi va o‘zlarini izolyatsiyaga olishgan”, — deya qo‘shimcha qilinadi xabarda. Yaqin ikki-uch hafta ichida Asad va uning rafiqasi uyidan ishlaydi. “Prezident Asad va Asma xonim suriyaliklarga va dunyodagi barcha xalqlarga ushbu virusdan xavfsizlik va farovonlik tilaydi hamda suriyaliklarni iloji boricha ehtiyotkorlik va profilaktika choralarini ko‘rishda davom ettirishga chaqiradi”, — deyiladi bayonotda. Ayni paytda Bashar Asad 55 yoshda, uning rafiqasi esa 45 yoshda. Malumot uchun, Suriyada 22-fevral kuni Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini qo‘llash ma’qullangan. Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra , pandemiya boshidan beri Suriyada 15,9 ming nafar kishida koronavirus aniqlangan, ming kishi kasallikdan vafot etgan. Avvalroq Portugaliya prezidenti Marselu Rebelu di Sozaning koronavirus infeksiyasiga topshirgan testi musbat natija ko‘rsatgani haqida xabar berilgandi. | 76 |
Shahzoda Garri va Megan Markl Opra Uinfriga ikki soatlik intervyu berdi. Megan rasizm va suitsid o‘ylari, Garri otasi bilan nizo haqida gapirdi | World | 23:15, 08.03.2021 // 36027 | Shahzoda Garri va Megan Markl Opra Uinfriga ikki soatlik intervyu berdi. Megan rasizm va suitsid o‘ylari, Garri otasi bilan nizo haqida gapirdi. Britaniya shahzodasi Garri va uning rafiqasi Megan Marklning amerikalik teleboshlovchi Opra Uinfri bilan intervyusi bo‘lib o‘tdi. Ikki soatlik suhbat 7-mart kuni Amerika vaqti bilan soat 20:00 da CBS telekanalida namoyish etildi. 8-mart kuni oqshomda uni Britaniyaning ITV kanali namoyish etadi. Mazkur intervyuga qadar er-xotinning qirollik vakolatlaridan kechib , o‘z kunini o‘zi ko‘rishni boshlaganiga bir yil bo‘ldi, deb yozmoqda “RBK”. Shahzoda Garri va Megan Marklning Opra Uinfri bilan intervyusidan lavha. Foto: Reuters Megan Markl va shahzoda Garri bilan bo‘lgan intervyu efirga chiqarilishidan bir necha soat oldin The Times nashri manbalariga asoslanib Bukingem saroyi tomonidan ushbu intervyuga qirol oilasiga nisbatan “urush e’lon qilish” sifatida qaralishini yozdi. “Reaksiya kimning tanqid qilinishiga bog‘liq bo‘ladi — qirol oilasimi yoki muayyan shaxslar?”, — degan gazeta manbasi. Gazetaning yozishicha, qirol oilasi “kattaroq muammolarga e’tibor qaratishi sababli” Yelizaveta II intervyuni tomosha qilmaydi. | 77 |
Instagram: Mashhurlarni tabriklagan YPX xodimlari, to‘yi bo‘layotgan Kaniza, Avaz Oxunning qiyofadoshi topildi | Media | 22:56, 08.03.2021 // 84157 | Instagram: Mashhurlarni tabriklagan YPX xodimlari, to‘yi bo‘layotgan Kaniza, Avaz Oxunning qiyofadoshi topildi. Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz. Rayhon barcha ayollarni bayram bilan tabriklab, turmush o‘rtog‘i Farhod Alimov sovg‘a qilgan gullarning suratini sahifasiga joyladi. Foto: Instagram YPX xodimlari 8-mart munosabati bilan ayol haydovchilarga gullar taqdim etdi. Ularning orasida mashhurlar, xususan, Yulduz va Nilufar Usmonovalar ham bor. Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining ushbu harakati komik aktyor Ulug‘bek Xolmedovga “erish tuyuldi”. U 14-yanvarda YPX xodimlari tomonidan erkak haydovchilarga ham sovg‘a ulashish tashabbusi bilan chiqdi. Bollivud aktrisasi Karina Kapur xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan ikkinchi o‘g‘lining suratini sahifasiga joyladi. “Ayollar qila olmaydigan biror ish yo‘q”, deb izohladi aktrisa suratni. Foto: Instagram Ozoda Nursaidova ham yangi surati orqali ayollarni bayram bilan tabrikladi. | 78 |
Xalqaro xotin-qizlar kunini bayram sifatida nishonlash qachondan boshlangan? 8-mart tarixi | World | 22:26, 08.03.2021 // 108113 | Xalqaro xotin-qizlar kunini bayram sifatida nishonlash qachondan boshlangan? 8-mart tarixi. Xalqaro xotin-qizlar kunining ildizi ayollarning erkaklar bilan teng ravishda jamoat hayotida ishtirok etish huquqi uchun ko‘p asrlik kurashiga borib taqaladi. Xalqaro xotin-qizlar kuni — bu ayollarning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy yutuqlariga bag‘ishlangan global kun. Shuningdek, bu kunda gender tengligini tezlashtirish uchun harakatlarga da’vat etiladi. Xalqaro xotin-qizlar kuni 8-martda butun dunyoda keng nishonlanadi. “Daryo” kun tarixi haqida hikoya qiladi. Foto: Google Photos Har yili 8-martda nishonlanadigan Xalqaro xotin-qizlar kuni yilning eng muhim kunlaridan biri hisoblanadi. Bu kunning o‘ziga xos ranglari ham mavjud. | 80 |
Stiven Jerrard boshqaruvidagi “Reynjers” 10 yil deganda Shotlandiya chempionligini qo‘lga kiritdi | Sport | 22:17, 08.03.2021 // 17403 | Stiven Jerrard boshqaruvidagi “Reynjers” 10 yil deganda Shotlandiya chempionligini qo‘lga kiritdi. Glazgoning “Reynjers” klubi Shotlandiya chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Foto: Twitter Ikkinchi o‘rinda ketayotgan “Seltik” “Dandi”ga qarshi o‘yinda (0:0) ochko yo‘qotdi va chempionlik uchun ehtimoliy imkoniyatlarni yo‘qqa chiqardi. Stiven Jerrard qo‘l ostidagi jamoa 2020/21-yilgi mavsumda 32-turga qadar biror marta ham yutqazmadi (28 g‘alaba, 4 durang, to‘plar nisbati — 77:9) va 88 ochko to‘pladi. “Seltik”da 68 ochko mavjud. “Reynjers” 2010/11-yilgi mavsumdan beri birinchi marta chempionlikni qo‘lga kiritdi. Bu rekordchi Glazgo klubi uchun 55-chempionlik bo‘ldi. Bu borada keyingi o‘rinda “Seltik” (51 ta sovrin) bormoqda. “Liverpul” sobiq yarim himoyachisi Stiven Jerrard 2018-yildan buyon “Reynjers”ni boshqarib keladi. Bu uning uchun murabbiylik faoliyatidagi ilk sovringa aylandi. | 81 |
O‘zbekistonning 2021-yilgi davlat dasturining fevral oyida bajarilishi kerak bo‘lgan ayrim bandlari ijrosi ta’minlanmagani ma’lum bo‘ldi | Local | 22:12, 08.03.2021 // 11703 | O‘zbekistonning 2021-yilgi davlat dasturining fevral oyida bajarilishi kerak bo‘lgan ayrim bandlari ijrosi ta’minlanmagani ma’lum bo‘ldi. “Yuksalish” umummilliy harakati Oliy Majlis Senati bilan hamkorlikda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi ijrosi bo‘yicha onlayn monitoring olib borish maqsadida maxsus platforma ( jamoatchilik.uz )ni ishga tushirgan edi. Ushbu umummilliy harakat matbuot xizmati Davlat dasturi ijrosi haqida ma’lumot berdi . Foto: “Daryo” Qayd etilishicha, Davlat dasturi doirasida 2021-yilning fevral oyida 7 ta band bo‘yicha vazifalar ijrosi ko‘zda tutilgan. Monitoring davomida dasturning 8 ta bandi ijrosi ta’minlangan, shundan 5 ta bandi muddatidan avval bajarilgan. Shuningdek, fevral oyida bajarilishi lozim bo‘lgan ayrim bandlar bo‘yicha ijro muddatlariga amal qilinmagan. Jumladan, 73-band yuzasidan Vodorod energetikasi texnologiyalari ilmiy-amaliy innovatsion markazini tashkil etish bo‘yicha Prezident qarori loyihasi o‘z vaqtida qabul qilish uchun kiritilmagan. 151-band bo‘yicha Prezidentning “Yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari, startap va g‘oyalarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, loyiha o‘z vaqtida qabul qilish uchun kiritilmagan. 184-bandda ko‘zda tutilgan aholiga davlat tomonidan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari bilan kafolatlangan paket doirasida tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari bajarilmadi. | 82 |
Andijon viloyati hokimi Marhamat tumanida ro‘mol to‘quvchi ayollarga 5 million so‘mdan pul berdi | Local | 21:17, 08.03.2021 // 13418 | Andijon viloyati hokimi Marhamat tumanida ro‘mol to‘quvchi ayollarga 5 million so‘mdan pul berdi. Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Marhamat tumanida hunarmand, shuningdek, “ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda O‘zA. Ayni paytda Marhamat tumanida 175 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Aholining yarmidan ortig‘i xotin-qizlardir. Muloqotda aholi, xususan, xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgan bo‘lsa-da, lekin bu borada tumanda hali qator muammolar mavjudligi qayd etilgan. Xabarda aytilishicha, Marhamat tumanining aksariyat mahallalarida jundan ro‘mol to‘qish hunari ancha rivojlangan bo‘lib, ro‘mol to‘qish bo‘yicha tumanda o‘ziga xos tajriba maktabi yaratilgan. Shundan kelib chiqib, viloyat hokimi ayollarning bandligini ta’minlash, ularning doimiy daromad manbaini shakllantirishda shu yo‘nalishdagi ishlar ko‘lamini kengaytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirgan. Muloqotda mutaxassislar tomonidan tumanda kredit olish istagidagi hunarmand xotin-qizlarga imtiyozli kreditlar ajratilishi ta’kidlanib, mazkur mablag‘lar bosqichma-bosqich berilishi, uni maqsadli sarflash va qaytarish yuzasidan tushunchalar berilgan. | 85 |
Karim Benzema “Real”da yana rekord qayd etdi | Sport | 21:12, 08.03.2021 // 11513 | Karim Benzema “Real”da yana rekord qayd etdi. “Real” hujumchisi Karim Benzema La Liga 26-turi doirasida 7-mart kuni kechgan “Atletiko”ga qarshi o‘yinda (1:1) ishtirok etdi va jamoasining goliga mualliflik qildi. Foto: Twitter Bu fransiyalik futbolchi uchun “Real” safida chempionatdagi 371-o‘yin bo‘ldi. Benzema Primerada eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha Ispaniyadan bo‘lmagan futbolchilar orasida klub rekordini o‘rnatdi. Bunga qadar eng yaxshi natija Roberto Karlosga (370 o‘yin) tegishli edi. Avvalroq Benzema “Real” safidagi umumiy o‘yinlar soni bo‘yicha ham legioner futbolchilar orasida rekord o‘rnatgan va unda ham Karlosni ortda qoldirgandi . Eslatib o‘tamiz, Karim 14-fevral kuni olgan jarohatidan keyin birinchi marta maydonga tushdi va Madrid derbisida to‘liq harakat qildi. Fransiyalik forvard 2009-yildan buyon “Real”da to‘p surib keladi. U La Liga 2020/21-yilgi mavsumida 22 o‘yin o‘tkazib, 13 gol va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi. ! | 86 |
“Yuksalish” harakati O‘zbekistonning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ayollar ro‘yxatini tuzdi | Local | 20:37, 08.03.2021 // 23298 | “Yuksalish” harakati O‘zbekistonning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ayollar ro‘yxatini tuzdi. “Yuksalish” umummilliy harakati mutaxassislari Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti ekspertlari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda davlat tuzilmalari, muassasalari hamda yirik jamoat tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan ayollarning ro‘yxatini yangiladi . Foto: “Yuksalish” umummilliy harakati Qayd etilishicha, o‘rganish natijalari mamlakatda tuzilmaviy va institutsional o‘zgarishlar davom ettirilayotganini, qonunchilik takomillashtirilayotganini hamda ayollarning roli va mavqeyi, ularning siyosiy-ijtimoiy hayotda faolligi ortayotganligini ko‘rsatdi. Ushbu ro‘yxatda quyidagi ayollar o‘rin oldi: Ro‘yxatni tuzishda ayollarning fuqarolik jamiyatidagi imiji, ular ishlayotgan tashkilotlarning siyosiy kun tartibini shakllantirishi, sohalarni rivojlantirishi hamda ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirishga institutsional ta’sir darajasi inobatga olingan. | 87 |
Nurmat Otabekov kimlarga emlanish tavsiya etilmasligi haqida ma’lumot berdi | Local | 20:16, 08.03.2021 // 39482 | Nurmat Otabekov kimlarga emlanish tavsiya etilmasligi haqida ma’lumot berdi. COVID-19’ga qarshi kimlarga emlanish tavsiya etilmaydi? Emlangandan keyin asoratlar bo‘lishi mumkinmi? Ushbu savollarga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov javob berdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi . Foto: “Daryo” — Emlash tadbirlarini amalga oshirish paytida ushbu vaksinani ishlab chiqargan tashkilotning tavsiyalariga amal qilinadi. OIV infeksiyasiga yoki autoimmun kasalliklariga chalingan shaxslarni, shu jumladan, anamnezida og‘ir allergik reaksiyalari mavjud bo‘lgan shaxslarni, homiladorlarni, emizikli ayollarni va 18 yoshgacha bo‘lgan aholi qatlamini emlash tavsiya etilmaydi. Har qanday holatda ham emlash to‘g‘risidagi qaror tibbiy ko‘rik natijasida qabul qilinadi. Mabodo emlashga monelik qiladigan u yoki bu turdagi holatlar kuzatilsa, tibbiy ko‘rik o‘tkazayotgan shifokor, albatta, unga e’tibor qaratadi, – deydi Nurmat Otabekov. — Koronavirus bilan kasallangan shaxslar bilan yaqin aloqada bo‘lganlarni emlash mumkinmi? | 88 |
Top-5: Futbol tarixidagi to‘purar himoyachilar | Sport | 20:01, 08.03.2021 // 26077 | Top-5: Futbol tarixidagi to‘purar himoyachilar. Millionlar o‘yini bo‘lmish futbolda hujumchilardan ham ko‘proq himoyachilar qadrlanadi. Va qaysidir ma’noda buni tushunish mumkin. Boisi jamoaning oldingi chizig‘i qanchalik kuchli bo‘lmasin, agar mudofaa talabga javob bermasa, qilingan barcha harakatlar samarasiz ketaveradi. Dunyo futbolida shunday himoyachilar ham borki, ular nafaqat o‘z vazifasini a’lo darajada bajaradi, balki orada raqib darvozabonlarini ham ranjitishga ulguradi. To‘g‘ri anglaganingizdek, hozir to‘purar himoyachilar haqida fikr yuritiladi. Garchi ularning soni ko‘p bo‘lsa-da, biz nisbatan taniqlilariga to‘xtalishga qaror qildik. Fernando Yerro — 160 ta gol Foto: “Real” Ispaniya terma jamoasi va “Real”ning afsonaviy himoyachisi Fernando Yerro faoliyati davomida 769 ta o‘yin o‘tkazib, 160 bor raqib darvozalarini ishg‘ol etgan. Professional faoliyatini “Valyadolid”da boshlagan Yerro keyinchalik Madrid klubiga o‘tadi va aynan o‘sha yerda o‘zining bor potensialini namoyon qiladi. U o‘zining kuchli va o‘ta aniq zarbalari bilan nom qozongan. | 89 |
O‘zida yo‘q xursand kanadalik erkak muzlagan ko‘lda raqsga tushdi. U koronavirusga qarshi emlanishni shunday nishonladi (video) | World | 20:54, 08.03.2021 // 10557 | O‘zida yo‘q xursand kanadalik erkak muzlagan ko‘lda raqsga tushdi. U koronavirusga qarshi emlanishni shunday nishonladi . Kelib chiqishi hind bo‘lgan kanadalik Gurdip Pander koronavirusga qarshi emlanishni muzlagan ko‘lda raqsga tushib nishonladi, deb yozadi Meduza. Foto: Meduza Unga ko‘ra, emlash uning kayfiyatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan. Shuning uchun ham Pander ushbu holatni an’anaviy “bangra” raqsi bilan nishonlashga qaror qildi. U shu yo‘l bilan mamlakat aholisini qo‘llab-quvvatlashga va ularga umid berishga harakat qilmoqda. Yesterday evening I received my Covid-19 vaccine. Then I went to a frozen lake to dance Bhangra on it for joy, hope and positivity, which I'm forwarding across Canada and beyond for everyone's health and wellbeing. pic.twitter.com/8BS0N7zVZK — Gurdeep Pandher of Yukon (@GurdeepPandher) March 2, 2021 Pander Kanadaning eng kam aholisi bo‘lgan Yukonning turli joylarida raqsga tushgan lavhalarini muntazam ravishda ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib boradi. U yerda qish juda sovuq va uzoq davom etsa-da, bu Panderni umuman bezovta qilmaydi. | 90 |
Haddan tashqari ko‘p terlaydiganlar uchun 10 ta layfxak | Misc | 19:56, 08.03.2021 // 20606 | Haddan tashqari ko‘p terlaydiganlar uchun 10 ta layfxak. Gipergidroz kundalik hayotda juda ko‘p noqulayliklarni keltirib chiqaradi. Ko‘p terlashning sababi nima bo‘lishidan qat’i nazar, ko‘pchilik tananing bu kabi xususiyati bilan moslashib yashashga ko‘nikadi. Quyida esa shunday insonlarga yordam berishi mumkin bo‘lgan tavsiyalar mavjud. Foto: “IVONA” Tabiiy matodan tikilgan kiyimlarni kiying Iloji boricha hamisha havo o‘tkazadigan matolardan tikilgan kiyimlarni kiyishga harakat qilish kerak. Paxta matosidan tikilgan kiyimlarning asosan oq yoki och rangdagilari ham quyosh nurini qaytaradi. Gigiyenik vositalardan foydalaning Hozirda qo‘ltiq osti sohasi uchun maxsus yostiqchalar ishlab chiqarilgan bo‘lib, ular to‘g‘ridan to‘g‘ri kiyimga yopishtiriladi. Shuningdek, ular namlikni o‘ziga shimib, yoqimsiz hidlarni bartaraf etadi. Bu esa muammodan qutulishga biroz bo‘lsa-da yordam beradi. Antiperspirant salfetka sotib oling Ko‘p terlashga moyil insonlar yonida doimo antiperspirant salfetka bo‘lgani yaxshi. | 91 |
Fransiyada vertolyot halokati oqibatida milliarder va siyosatchi Olivye Dasso halok bo‘ldi | World | 19:32, 08.03.2021 // 26484 | Fransiyada vertolyot halokati oqibatida milliarder va siyosatchi Olivye Dasso halok bo‘ldi. Fransiyaning shimoli-g‘arbida ichida fransiyalik milliarder va siyosatchi Olivye Dasso bo‘lgan vertolyot qulab tushdi. Natijada Dasso va uchuvchi halok bo‘ldi. Bu haqda Figaro nashriga tayanib “RBK” xabar berdi. Olivye Dasso Foto: Reuters 2020-yil Dasso Forbes jurnalining milliarderlar reytingida 4,7 milliard dollar bilan 361-o‘rinni egallagan. Aviahalokat Dovil shahri yaqinida, Kalvados departamentida mahalliy vaqt bilan 18:00 da (Toshkent vaqti bilan 22:00) sodir bo‘ldi. Bu ma’lumotlar Lizyo kommunasi prokurori Delfin Menniel tomonidan tasdiqlandi. AS350 Squirrel vertolyoti xususiy maydonchadan uchib ketayotganda halokatga uchradi. Havo transporti jandarmeriyasi qasddan qilinmagan qotillik bo‘yicha tergov boshladi. Tadbirkor va Fransiya Milliy majlisi deputatining vafoti munosabati bilan davlat rahbari Emmanuel Makron hamdardlik bildirdi. | 92 |
“Mendirman Jaloliddin” seriali ijodkorlari va aktyorlar jamoasi bilan o‘tgan matbuot anjumani — suratlarda | Local | 19:15, 08.03.2021 // 40974 | “Mendirman Jaloliddin” seriali ijodkorlari va aktyorlar jamoasi bilan o‘tgan matbuot anjumani — suratlarda. Toshkent shahridagi “Hilton” mehmonxonasida 8-mart kuni “Mendirman Jaloliddin” seriali ijodkorlari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan o‘tkazilgan uchrashuvda OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. “Daryo” muxbiri mazkur tadbirdan fotojamlanma tayyorladi. Tadbirga yig‘ilgan ommaviy axborot vositalari. Foto: “Daryo” / Madina Nurman Serialda Jaloliddin rolini ijro etgan aktyor Emre Kivilchim (chapda). Foto: “Daryo” / Madina Nurman Chingizxon roli ijrochisi Javohir Zokirov (o‘ngda) va Jebe roli ijrochisi Jamshid Sagatov. Jaloliddin rolini ijro etgan aktyor Emre Kivilchim va Qutlibeka roli ijrochisi Yulduz Rajabova. Foto: “Daryo” / Madina Nurman Serial uchun Turkiyada 30 gektar maydonda barpo etilgan “Bo‘zdag‘ film” platosida O‘zbekistonning XIII asrga oid muhiti jonlantirildi. | 93 |
Video: Yagona nusxada yaratilgan to‘rt eshikli uzaytirilgan Gelandewagen kabrioleti | Tech | 18:53, 08.03.2021 // 36101 | Video: Yagona nusxada yaratilgan to‘rt eshikli uzaytirilgan Gelandewagen kabrioleti. YouTube’dagi “PrivetTachka” kanalida dunyodagi eng noodatiy G-klass — to‘rt eshikli uzaytirilgan kabrioletga bag‘ishlangan video paydo bo‘ldi . Noyob “Gelik” Mercedes-Benz G500 XL Cabrio nomini olgan bo‘lib, 2002-yili Germaniyadagi Baur atelyesida yagona nusxada yig‘ilgan. Hozirda mashina bir nechta yangi Gelandewagen’lardan qimmat turadi. Kadr: YouTube Loyiha asosini 44 santimetrga uzaytirilgan (5,1 metr) Mercedes-Benz G500 tashkil etadi. Shuningdek, “Gelik” o‘lchami jihatidan Mercedes’ning premium sedanlari kabi tom qismi to‘liq uzaytirilgan va yig‘iladiganga almashtirilgan. “To‘g‘ri, bu mantiqsiz tuyulishi mumkin, axir hech kim to‘rt eshikli kabriolet yasamaydi — kuzov qattiqligi nol bo‘ladi. Ammo loyiha mualliflari ushbu muammoni osonlikcha yechgan: kuzovning yuqori qismiga qo‘shimcha kuchaytirgichlar qotirgan”, — deyiladi xabarda. Ta’kidlanishicha, dunyodagi eng katta avtomatik yig‘iladigan tom Gelandewagen’ning tomi hisoblanadi. U qo‘shimcha tent seksiyasini qo‘shish orqali oddiy usulda yasalgan. | 94 |
Eng uzoq masofadan urilgan goldan to‘purar darvozabongacha. Futbol tarixidagi noyob rekordlar haqida | Sport | 19:01, 08.03.2021 // 26216 | Eng uzoq masofadan urilgan goldan to‘purar darvozabongacha. Futbol tarixidagi noyob rekordlar haqida. Bugungi kunga kelib, deyarli har bir futbol o‘yinida qandaydir yangi rekord o‘rnatiladi yoki mavjudlari yangilanadi. Biroq millionlar o‘yinida yana shunday rekordlar ham borki, ularni yangilashning deyarli imkoni yo‘q. “Sports.ru” saytining “Haqiqiy futbol sirlari” blogi millionlar o‘yini tarixida takrorlanishi qiyin (imkonsiz) bo‘lgan rekordlarni taqdim etdi . Quyida ushbu material o‘zbek tilida havola etiladi. Eng uzoq masofadan urilgan gol “Stok Siti” darvozaboni Asmir Begovich 2014-yilda “Sauthempton”ga qarshi bahsda uzoq masofadan zarba yo‘llab, rekordlar kitobiga o‘z nomini yozdirib qo‘yadi. U 91,9 metr uzoqlikdagi masofadan hamkasbini ranjitadi. Bosh bilan uzoq masofadan urilgan gol Tilbakespark til da Jone Samuelsen headet inn en verdensrekord fra egen banehalvdel! 👊😲 #hjemmebane @oddsbk pic.twitter.com/1YauaMkWyD — OBOS-ligaen (@obosligaen) April 5, 2020 2011-yilda norvegiyalik futbolchi Yone Samuelsen 58,13 metr masofadan boshi bilan darvozani aniq nishonga olgan. | 95 |
Shayx Abdulaziz Mansurning o‘g‘li vafot etdi | Local | 18:16, 08.03.2021 // 100321 | Shayx Abdulaziz Mansurning o‘g‘li vafot etdi. O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi direktorining o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansurning o‘g‘li Abdulbosit Mansurov vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi . Shayx Abdulaziz Mansur. Foto: Facebook / Abu Muslim Idora Shayx Abdulaziz Mansurning farzandi vafoti munosabati bilan uning barcha oila a’zolariga ta’ziya bildirgan. Xabarda uning nima sababdan vafot etganiga aniqlik kiritilmagan. Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning sentabrida Muftiy Usmonxon Alimovning ukasi Badriddinxon Alimov vafot etgandi. O‘sha yilning oktabrida Qur’oni karimni birinchi bo‘lib o‘zbek tiliga tarjima qilgan ulamo Shayx Alouddin Mansur 68 yoshida, noyabrida islomshunos olim Ubaydulla Uvatov 80 yoshida vafot etdi. | 97 |
Yo‘qotilgan “oltinboshlar”: o‘zbek futbolining erta so‘ngan yulduzlari haqida | Sport | 18:00, 08.03.2021 // 56882 | Yo‘qotilgan “oltinboshlar”: o‘zbek futbolining erta so‘ngan yulduzlari haqida. Garchi mustaqillikka erishilganidan keyin biror marta ham Jahon Chempionatiga (kattalar o‘rtasida) chiqmagan bo‘lsa ham, o‘zbek futbolida deyarli barcha davrlarda iste’dodlar bo‘lgan. Ammo doimo klublarimizdan tortib to turli yoshdagi terma jamoalarimizgacha nimadir yetishmaydi. Yulduz bo‘lishi kutilgan va futbolimizni yangi bosqichga olib chiqishiga umid qilingan o‘yinchilarimiz esa shunchaki ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi (nari borsa Superliga yoki Pro Liganing autsayder jamoalarida o‘rtamiyona futbolchi sifatida to‘p suradi). Vaholanki, muxlislar ulardan juda katta narsalarni kutgan bo‘ladi. Ehtimol, yosh o‘yinchilarni yulduzlik kasali qiynar va qaysidir ma’noda bunda futbol jamoatchiligining ham aybi bor. Agar ushbu muammoga yechim topilmas ekan, hali yana ko‘plab mundiallardan quruq qolishimiz aniq. Hozir esa mavzudan uzoqlashmagan holda o‘zbek futbolining erta so‘ngan yulduzlari haqida fikr yuritamiz. Biroq uning borgan eng uzoq joyi Xitoyning “Sindao Chjunnen” klubi bo‘ldi (shu ham “Paxtakor”dan ijara asosida yarim yilga). | 98 |
Hyundai Auto Asia jamoasi go‘zal ayollarni 8-mart bilan tabriklaydi! | Local | 18:00, 08.03.2021 // 40526 | Hyundai Auto Asia jamoasi go‘zal ayollarni 8-mart bilan tabriklaydi!. O‘zbekistondagi Hyundai yengil avtomobillarining rasmiy distribyutori – Hyundai Auto Asia jamoasi go‘zal ayollarni 8-mart bilan chin dildan tabriklaydi. Ularga har doim ko‘tarinki kayfiyat, yorqin taassurotlar, bahoriy ruh hamroh bo‘lishini tilab qoladi! Yuragingizda sevgi, xonadoningizda baxt-saodat va farovonlik hukmronlik qilsin! Orzularingiz amalga oshaversin, yangi imkoniyatlar esa yorqin istiqbollarni ochaversin... Sizning mehringiz, aql-zakovatingiz, jozibangiz va tabassumingiz dunyoni yanada yorqin va quvnoq tuyg‘ularga to‘ldiradi! Eslatib o‘tamiz, 6-martdan boshlab kompaniyaning Toshkentdagi dilerlik markazlarida ayol haydovchilar uchun “Gullayotgan mart” maxsus bahorgi aksiyasi boshlangan edi. Murojaat uchun: (+998 78) 122 07 77 – Hyundai Qushbegi (+998 78) 122 12 22 – Hyundai Premium Sergeli . | 99 |
Turkiyada “Qora niyat” seriali aktrisasi hibsga olindi | Media | 17:52, 08.03.2021 // 60621 | Turkiyada “Qora niyat” seriali aktrisasi hibsga olindi. “Qora niyat” serialida Lila rolini ijro qilgan aktrisa Ayshegul Chinar politsiya xodimlari tomonidan qamoqqa olindi. Bu haqda Haberturk ma’lum qildi, deb yozadi “Kinoteka”. Foto: Pinterest Qayd qilinishicha, Istanbulning Beylikduzu tumanida do‘stlari bilan hordiq chiqargan aktrisa uyda qaytayotganida politsiya xodimlari tomonidan to‘xtatilgan. Tintuv vaqtida Ayshegulning mashinasidan narkotik moddalar topilgan. Qamoqqa olingan Chinar ko‘rsatmasida bular unga tegishli emasligi, hech qachon narkotik moddalardan foydalanmaganini ta’kidlagan. “Ushbu tuzoq holi joyimga qo‘ymayotgan sobiq yigitim tomonidan uyushtirilgan”, — degan Chinar. Foto: Pinterest Ma’lumot uchun, 1999-yilda Antaliyada dunyoga kelgan Ayshegul Mujdat Gezen nomli san’at markazining teatr bo‘limini tamomlagan. Foto: Pinterest Avvalroq mazkur serialda Yildiz Yilmaz rolini ijro qilgan Eda Ejening koronavirusni yuqtirib olgani haqida xabar berilgandi . | 100 |
Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili ko‘rishishni va’da qilgan qoraqalpog‘istonlik qizga “Zulfiya” mukofotini topshirdi | Local | 17:17, 08.03.2021 // 28690 | Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili ko‘rishishni va’da qilgan qoraqalpog‘istonlik qizga “Zulfiya” mukofotini topshirdi. 3-mart kuni Shavkat Mirziyoyev “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi . Prezident 8-mart–Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati Tashkent City Kongress-hollda ushbu mukofotlarni tantanali ravishda egalariga topshirdi . Foto: “Daryo” / Madina Nurman Tadbirda davlat rahbari “Zulfiya” mukofotining eng yosh sohibasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bo‘zatov tumanidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Gulsanem O‘razbayevaga ham mukofotni topshirgan. “Siz bilan, albatta uchrashaman. Men bunga va’da beraman”, degan edi Prezident Gulsenemning so‘zlaridan xursand bo‘lib. Prezident nafaqat va’dasining ustidan chiqqan, balki yosh sportchi loyiq ko‘rilgan mukofotni shaxsan o‘zi topshirgan. Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-mart—Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali marosimda aktrisa Yulduz Rajabova ishtirokidagi filmni e’tirof etib, uni ijodni susaytirmaslikka chaqirgani to‘g‘risida xabar berilgandi . Shavkat Mirziyoyev unvon, orden va medallar bilan taqdirlangan bir guruh xotin-qizlarga mukofotlarni topshirdi | 102 |
“Sen qo‘rqoq va noshudsan”. Zlatan Ibragimovich va Xosep Gvardiola o‘rtasidagi mojaro tarixi | Sport | 17:00, 08.03.2021 // 20531 | “Sen qo‘rqoq va noshudsan”. Zlatan Ibragimovich va Xosep Gvardiola o‘rtasidagi mojaro tarixi. Hozirda karantin cheklovlari tufayli ba’zi mamlakatlarning Buyuk Britaniyaga kirishi taqiqlangan. Shu sababli ingliz klublari ishtirokidagi xalqaro o‘yinlar neytral maydonlarda o‘tkazilmoqda. Xususan, “Arsenal” (Yevropa Ligasi) Rimda, “Manchester Yunayted” (Chempionlar Ligasi) Turinda, “Liverpul” esa (Chempionlar Ligasi) Budapeshtda o‘yin o‘tkazishga majbur bo‘ldi. Xuddi shunga o‘xshash holat 2010-yilda ham qayd etilgandi. O‘shanda ham tashqi ta’sirlar o‘yin atrofidagi vaziyatga xalaqit bergandi. Biroq u vaqt koronavirus pandemiyasi emas, balki Islandiyadagi Eyyafyadlayyokyudl vulqoni harakatga kelgandi. O‘shanda Joze Mourinyoning “Inter”i Chempionlar Ligasi yarim finalida Xosep Gvardiola “Barselona”si bilan bahsga kirishi lozim edi. Kataloniyaliklar vulqon otilishi natijasida kelib chiqqan quyuq tutun tufayli Milanga avtobusda borishga majbur bo‘ladi. | 103 |
Yarim yil ko‘l ostida yotgan iPhone 11 baribir ishlashni davom etdi (video) | Tech | 16:59, 08.03.2021 // 13646 | Yarim yil ko‘l ostida yotgan iPhone 11 baribir ishlashni davom etdi . Suvdan himoyalangan zamonaviy smartfonlarning aksariyati IP68 standartiga mos keladi. Unga ko‘ra, qurilma 1 metrgacha bo‘lgan chuqurlikda yarim soatgacha tura oladi, deb yozadi IXBT. Kadr: YouTube Shunga qaramay, smartfonlar ko‘pincha suv bilan bog‘liq bundan ham jiddiy sinovlarga bardosh bera oladi, biroq ishlab chiqaruvchilarning bu kabi kafolat berishiga ehtiyoj yo‘q. Suvdan himoyalanish darajasi qanchalik yaxshiligiga yarim yil Britaniya Kolumbiyasidagi Xarrison ko‘lining tubida yotgan iPhone 11 misol bo‘la oladi. Uni ko‘l ostida tadqiqot o‘tkazgan g‘avvoslar topib olgan. Ma’lum bo‘lishicha, suv ostidan topilgan iPhone deyarli to‘liq soz holatda, faqat mikrofoni va dinamikasi bilan biroz muammo bor. Natijada smartfon buni hazil deb o‘ylagan o‘z egasiga qaytarilgan. iPhone 11 qancha chuqurlikda yotgani noma’lum, biroq videodan ko‘rish mumkinki, u bir metrdan ko‘proq. Avvalroq Huawei Mate 40 va iPhone 12’ning suv o‘tkazmaslik qobiliyati kir yuvadigan mashinada “tekshirib ko‘rilgani” to‘g‘risida xabar berilgandi . | 104 |
Qamalgan Sarkozi, tanqid uchun hibs, Marsda sayr qilgan marsoxod, Iroqqa kelgan Papa. Jahon hafta ichida | World | 16:29, 08.03.2021 // 35168 | Qamalgan Sarkozi, tanqid uchun hibs, Marsda sayr qilgan marsoxod, Iroqqa kelgan Papa. Jahon hafta ichida. An’anaviy haftalik dayjestimizni boshlaymiz. Hafta boshida Parij sudi Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozini korrupsiya, mansabni suiiste’mol qilish va tergov sirini oshkor qilishda ayblab , bir yillik qamoq jazosiga hukm qildi . Foto: Google Photos Ta’kidlanishicha, Sarkozining panjara ortida qolishi ehtimoldan yiroq, chunki ikki yilgacha bo‘lgan jazo odatda qamoqxonada o‘talmaydi. Uning sud hukmi ustidan shikoyat qilishi kutilmoqda. Sarkozi sud binosini izohsiz tark etgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Nikolya Sarkozi advokati orqali Gilbert Azibertga Monakodagi lavozimga tayinlashda yordam berishga va’da bergan. Buning evaziga sobiq prezident “Bettankur ishi” doirasida uning telefoniga qo‘yilgan telefon eshituvi haqida ma’lumot olmoqchi bo‘lgan. Bu L’Oreal egasi Liliane Bettankurdan saylovoldi tashviqoti uchun mablag‘larni noqonuniy ravishda olish bilan bog‘liq edi, bu holatda Nikolya Sarkozi oqlandi. | 106 |
Katta Farg‘ona kanalida cho‘kib ketgan 13 yoshli sportchining jasadi ikki metr chuqurlikdan topildi | Local | 16:14, 08.03.2021 // 53747 | Katta Farg‘ona kanalida cho‘kib ketgan 13 yoshli sportchining jasadi ikki metr chuqurlikdan topildi. Katta Farg‘ona kanalida cho‘kib ketgan 13 yoshli sportchining jasadi topildi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri. Foto: “Daryo” Ta’kidlanishicha, 2021-yilning 5-mart kuni soat 16:00 da O‘zbekiston tumanining “Beruniy” mahalla fuqarolar yig‘ini Alisher Navoiy ko‘chasida yashagan 13 yoshli Umidjon Abdusattorov ehtiyotsizlik oqibatida Katta Farg‘ona kanalida cho‘kib ketgan. Foto: “Daryo” Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tumani hokimligi va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan tezkor qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilgan. Foto: “Daryo” Ma’lum qilinishicha, yigitchaning jasadi Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining maxsus mintaqaviy qidiruv-qutqaruv otryadi g‘avvoslari tomonidan hodisa sodir bo‘lgan joydan 1 200 metr uzoqlikda 2 metr chuqurlikdan topilgan. Foto: “Daryo” O‘zbekiston tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Najmiddinovning ma’lum qilishicha, Umidjon Abdusattorovning jasadi 2021-yilning 8-mart kuni soat 12:00 da suv tubidan olib chiqilgan. Hozirda unga nisbatan belgilangan tartibda sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanmoqda. Foto: “Daryo” Avvalroq viloyatning Yozyovon tumani Bo‘tqachi qishlog‘ida yashovchi 17 yoshli yigit 2020-yilning 22-dekabr kuni o‘zini Katta Farg‘ona kanaliga tashlagani, uning jasadi oradan 73 kun o‘tib topilgani haqida xabar berilgan edi. | 107 |